“Kelajak universitetlari”: O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistondagi xalqaro ta'lim konferensiyasida ishtirok etdi
30 oktabrdan 1 noyabrga qadar Hindistonning Dehli shahrida 14-xalqaro ta'lim konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Oliy ta'lim faoliyatiga yo‘naltirilgan anjuman “Kelajak universitetlari” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tadbir Hindiston ta'lim vazirligi, Savdo va sanoat vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi federatsiyasi tomonidan tashkillashtirilgan.
Konferentsiyadan maqsad – Hindistonning oliy ta'lim sohasidagi ilg‘or tajribasini o‘rganish, Hindiston va xorijiy mamlakatlar oliy ta'lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish. Unda 1,5 mingga yaqin mahalliy va xalqaro ishtirokchilar qatnashdi, 65 mamlakat vakillari orasida O‘zbekiston delegatsiyasi ham bor edi.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibidan Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik instituti, Buxoro Davlat universiteti, Qarshi Davlat universiteti hamda xususiy biznes-maktab vakillari o‘rin olishdi. Hamyurtlarimiz ishtiroki O‘zbekistonning Dehlidagi elchixonasi tomonidan tashkillashtirildi.
Tadbir doirasida «B2B», «B2G», «G2G» formatidagi uchrashuvlar o‘tkazildi, shuningdek Hindiston universitetlariga ekskursiyalar uyushtirildi. O‘tkazilgan mahorat darslari, muhokama doiralari va taqdimotlar davomida barcha universitetlar vakillari o‘zlarining ilg‘or tajribalari bilan almashishdi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Hindistonning 10 dan ortiq o‘quv muassasasi vakillari bilan uchrashdi, ikki mamlakatning tegishli oliygohlari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Konferentsiya ishtirokchilari tomonidan bugungi kunda oliy ta'lim tizimiga eng yangi texnologiyalar – sun'iy intellekt, virutal reallik, blokcheyn kabilarning sezilarli ta'sir ko‘rsatayotgani ta'kidlandi. Shu bois odatiy ta'lim tizimi o‘tmishda qolayotgani, ta'lim jarayoni o‘zgarayotgani, OTMlarni moliyalashtirish modernizatsiya qilinayotgani qayd etildi.
Konferentsiya Hindiston universitetlarining turli nominatsiyalar bo‘yicha tantanali mukofotlanishi bilan yakunlandi.
Mavzuga oid
19:27
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10
Hindiston fond bozoridagi bum: moliyaviy inqilob shovqini risklarni yopib ketyaptimi?
20:33 / 07.11.2024
Hindistonda uch kun ichida 10 ta fil nobud bo‘ldi
19:32 / 07.11.2024