Belgilangan tartibga köra, respublikadagi bir davlat oliy ta’lim taşkilotidan boşqasiga yoki bir oliy ta’lim taşkiloti doirasida öqişni köçiriş, şuningdek, öqişni qayta tiklaş böyiça arizalar transfer.edu.uz platformasi orqali qabul qilinadi. Bu faqat qonunçilikda belgilangan ikki turdagi uzrli sabab mavjud bölgan holatlarga tatbiq etiladi.
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlaridan davlat oliy ta’lim taşkilotlarining mos va turdoş bakalavriat ta’lim yönalişlariga öqişni köçiriş böyiça arizalar esa my.uzbmb.uz platformasi orqali topşiriladi.
Yangi tartibga muvofiq, xorijiy va nodavlat OTMdan davlat oliy ta’lim muassasalariga öqişni köçirişda umumta’lim fanlari hamda çet tili böyiça milliy sertifikatlar axborot tizimi orqali avtomatik aniqlanadi. Xalqaro sertifikatlar esa talabgor tomonidan boşqa hujjatlar bilan birga elektron şaklda yuklanadi.
Eslatib ötilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 11 iyundagi 299-sonli qaroriga muvofiq, xorijiy va nodavlat oliy ta’lim taşkilotlaridan davlat OTMga öqişni köçirişda çet tili hamda umumta’lim fanlari böyiça milliy yoki xalqaro sertifikatga ega talabgorlarga tegişli fanlardan tabaqalaştirilgan yoki maksimal ball beriladi.
Onlayn arizalarni qabul qiliş 2026 yil 5 avgustga qadar davom etadi.

















