Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston prezidenti O‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegara nuqtalarni aniqlash bo‘yicha bitimni qabul qildi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev “Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasida uch davlat chegaralarini tutashgan nuqtalarni aniqlash to‘g‘risidagi bitim“ni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi, deya xabar beradi Qozog‘iston prezidentining matbuot xizmati.
Mazkur bitim o‘tgan yilning 10 noyabr kuni Samarqand shahrida imzolangandi. Hujjatda ko‘zlangan asosiy maqsad - uch davlatning davlat chegaralari tutashgan nuqtalarni aniqlash va bu yerda ularning delimitatsiyasini muvaffaqiyatli yakunlash.
Ustyurt platosi hududida chegara kesishuv nuqtasi o‘rnatildi. Uning joylashgan o‘rni va chegara chizig‘ini o‘tkazish shartnomaning ajralmas qismi bo‘lgan ilovalarda aks ettirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 10 noyabr kuni Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjuman doirasida uch davlat tashqi ishlar vazirlari umumiy chegarani aniqlab olish bo‘yicha kelishuvga erishgandi.
Mavzuga oid
09:57 / 15.07.2026
Baxtiyor Saidov Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi
10:12 / 11.07.2026
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida raqamli bojxona nazorati joriy etiladi
20:20 / 06.07.2026
Qirg‘iz-o‘zbek chegarasida korrupsiyaga qarshi maxsus operatsiyada o‘nlab xodimlar ushlandi
17:42 / 06.07.2026