Sport | 15:40 / 06.11.2018
13545
2 daqiqa o‘qiladi

«Ustidan kulishlariga parvo qilmay, mashq qilishda davom etardi». Fletcher Ronalduning «MYu»dagi ilk yillari haqida gapirdi

Foto: Getty Images

«Stok Siti» yarimhimoyachisi Darren Fletcher Sky Sports loyihasidagi suhbat davomida «MYu»dagi faoliyatini, xususan, hozirda «Yuventus» sharafini himoya qilayotgan Krishtianu Ronalduning yoshlik davrlarini yodga oldi.

«U klubga kelgan kunidan boshlab jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish xayoli bilan yashardi. U mashg‘ulotlarga zo‘r berdi. Dastlab, jamoadoshlar undagi bu kuchli xohishni ko‘rib mamnun bo‘lishdi, ammo keyin «jahonning eng yaxshi o‘yinchisi bo‘lish aytishga oson», deya boshlashdi.

Shunday bo‘lsa-da, yigitlar uning bu urinishlariga hurmat bilan qarashib, eng yaxshi bo‘lish istagida harakat qilayotganiga ijobiy qarashdi. Shunday paytlar ham bo‘lardiki, u oyoqning pastki qismi uchun mo‘ljallangan maxsus bog‘ichni taqib, tezkorlikni oshirish mashqi (Fast Feet)ni bajarar, atrofdagilar uning ustidan kulishar, ammo u bunga parvo qilmay shug‘ullanishda davom etaverar edi. Oxir-oqibat hamma uni hurmat qila boshladi.

Jamoadagilar undagi bu g‘ayratni hazilga yo‘yishar, ammo jahonning eng yaxshi futbolchisi bo‘lish uchun o‘zini bu qadar mashaqqatga urish, shijoat ko‘rsatish va o‘zini to‘laligicha shu maqsadga baxshida etishni ko‘rib, ich-ichlaridan qoyil qolishardi», - deya hikoya qiladi Fletcher.

Ma'lumot uchun, Ronaldu va Fletcher 6 yil davomida «MYu»da birga to‘p surishgan.

Mavzuga oid