03:13 / 07.11.2018
21158

YeChL. "Barselona" va "PSJ" ochko yo‘qotdi, "Atletiko" "Borussiya Dortmund"ni mag‘lub etdi

Foto: Reuters

Chempionlar Ligasi 4-turining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi. 

"Inter" o‘z maydonida "Barselona"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. 

83-daqiqada Malkom mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, asosiy vaqt tugashiga 3 daqiqa qolganida Ikardi milanliklarga durang olib keldi. 

"PSJ" ham safarda "Napoli"ga qarshi kechgan o‘yinda 1:1 hisobida durang qayd etdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan 2-daqiqada Bernat parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 62-daqiqada Insine penaltidan unumli foydalanib, jamoasining durang o‘ynashini ta'minladi. 

"Atletiko Madrid" esa o‘z maydonida "Borussiya Dortmund"ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. 33-daqiqada Saul hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqada Grizmann yakuniy hisobni o‘rnatdi. 

Inter – Barselona 1:1

Gollar: 0:1 – 83 Malkom, 1:1 – 87 Ikardi.
Inter – Xandanovich, de Vrey, Shkrinyar, Vrsalko, Asamoa, Nainggolan (Valero, 63), Brozovich (Martines, 85), Perishich, Vesino, Politano (Kandreva, 81), Ikardi.
Barselona – ter Stegen, Pike, Alba, Serdji Roberto, Langle, Artur (Vidal, 74), Buskets, Koutino, Rakitich, Dembele (Malkom, 81), Suares.
Ogohlantirishlar: Rakitich (42), Brozovich (84), Perishich (88).

Napoli – PSJ 1:1

Gollar: 0:1 – 45 Bernat, 1:1 – 62, penalti Insine.
Napoli – Ospina, Albiol, Mariu Ruy, Maksimovich (Xyusay, 76), Kulibali, Fabian Ruis (Zelinski, 71), Allan, Kalexon, Gamshik, Insine, Mertens (Una, 83).
PSJ – Buffon, Tiago Silva, Kerer (Shupo-Moting, 90), Bernat, Markinos, Di Mariya (Kavani, 77), Draksler, Verratti, Mene (Kimpembe, 73), Mbappe, Neymar.
Ogohlantirishlar: Mbappe (29), Kerer (32), Fabian Ruis (45), Verratti (89), Neymar (90).

Atletiko Madrid – Borussiya Dortmund 2:0

Gollar: 1:0 – 33 Saul, 2:0 – 80 Grizmann.
Atletiko – Oblak, Ximenes (Montero, 46), Filipe Luis, Xuanfran, Lyuka Ernandes, Rodri Ernandes, Parti, Saul, Korrea (Vitolo, 80), Kalinich (Jyelson Martinsh, 62), Grizmann.
Borussiya D – Byurki, Toprak, Xakimi, Pishchek, Akandji, Vittsel, Dileyni, Sancho (Bruun Larsen, 79), Pulishich (Gerreyru, 59), Roys, Pako Alkaser (Gettse, 75). 
Ogohlantirishlar: Korrea (6), Sancho (31), Akandji (90), Roys (90).

Tottenhem – PSV 2:1

Gollar: 0:1 – 2 de Yong, 1:1 – 78 Keyn, 2:1 – 89, avtogol Seynsberi.

Portu – Lokomotiv 4:1

Gollar: 1:0 – 2 Errera, 2:0 – 42 Marega, 2:1 – 59 Farfan, 3:1 – 67 Korona, 4:1 – 90 Otavio.

Shalke – Galatasaroy 2:0

Gollar: 1:0 – 4 Burgshtaller, 2:0 – 57 Ut.
 

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top