Jahon | 19:39 / 07.11.2018
20921
1 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada Kim Chen In suratlari ilk bor ommaviy namoyish qilindi

Shimoliy Koreyada mamlakat yetakchisi Kim Chen Inning suratlari ilk bor ommaviy namoyish qilindi. Bu haqda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.    

Shimoliy Koreyaga kelgan Kuba yetakchisi Migel Dias-Kanel bilan uchrashuv vaqtida ikki davlat yetakchisining suratlarini Pxenyan xalqaro aeroportida ko‘rish mumkin bo‘lgan.

“Shimoliy Koreya asoschisi Kim Ir Sen va uning o‘g‘li Kim Chen Irning suratlari majburiy ravishda har bir davlat muassasasi va har bir xonadonda osig‘liq turadi, biroq Shimoliy Koreyada Kim Chen Inning surati ilk bor rasman namoyish qilinmoqda”, deb qayd qilib o‘tilgan Janubiy Koreya axborot agentligida.  

Janubiy Koreyada Kim Chen In suratining namoyishga qo‘yilishi uning shaxsiga sig‘inish boshlanganidan darak berishi haqidagi fikrga kelingan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid