O‘zbekiston | 13:50 / 07.11.2018
5943
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonning Avstriyadagi yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi

Foto: TIV matbuot xizmati

6 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Sherzod Asadov Vena shahrida Avstriya Respublikasining Federal prezidenti Aleksandr Van der Bellenga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

«Hofburg» saroyidagi marosimdan so‘ng bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Avstriya davlati rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida olib borilayotgan O‘zbekistondagi izchil o‘zgarishlar va keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilishiga Avstriyada qiziqish bilan qaralayotganini qayd etgan, shuningdek, ikki tomonlama munosabatlarda kuzatilayotgan ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholagan.

Avstriya Prezidenti tomonlarni qiziqtirgan barcha yo‘nalishlarda o‘zaro hamkorlikni kengaytirishdagi faoliyatida O‘zbekiston Elchisiga har tomonlama yordam ko‘rsatilishini ta'kidlagan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid