“Yandeks.Taksi” Xelsinkida yangi brend ostida ishlay boshlaydi
“Yandeks.Taksi” xizmati Finlyandiya poytaxti Xelsinkida 9 noyabrdan ishlay boshlaydi. Kompaniya Finlyandiyada Yandex va Go so‘zlaridan tuzilgan Yango brendi ostida ishlaydi.
Rossiyalik foydalanuvchilar Yango’dan qo‘shimcha dasturlarni o‘rnatmagan holda “Yandeks.Taksi” dasturi orqali foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Servis xizmatlari birinchi navbatda Xelsinkining markazi va turarjoy hududlarida yo‘lga qo‘yiladi. Kelgusida esa Yango Xelsinki yaqinidagi aholi punktlarida ham ishga tushiriladi.
Kompaniyada ta'kidlanishicha, yangi brend ba'zi tillarda Rossiyadagi variantidan osonroq o‘qiladi va undan boshqa bozorlarda ham foydalanish mumkin. “Biz Finlyandiyada Rossiyada “Yandeks” xizmatlari kabi ma'lum bo‘lgan boshqa xizmatlar paydo bo‘lishi mumkinligini istisno qilmaymiz va shu sababli nomlanishida “taksi” so‘zi bo‘lmagan brendni taqdim qilmoqdamiz”, deb aytilgan kompaniyada.
Toshkentda servis o‘z ishini 2018 yilning 4 aprelidan boshlagandi. O‘zbekiston servis ishga tushirilgan to‘qqizinchi mamlakat bo‘lgan.
Mavzuga oid
16:38 / 10.08.2023
“Yandeks-taksi” atrofidagi xavotir: “FSB” xorijdagi mijozlarni ham kuzata oladimi?
19:46 / 25.03.2023
“Yandeks.Taksi”ning O‘zbekistondagi faoliyati qanday tartibga solinadi? – Soliq qo‘mitasi izoh berdi
18:53 / 06.03.2023
O‘zbekistonda «Yandeks.Taksi» faoliyatining raqobat me’yorlariga muvofiqligi tekshiriladi
18:17 / 03.03.2023