Özbekiston Raqobatni rivojlantiriş va iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş qömitasi «Yandeks.Taksi» xizmati agregatori işida bozorda ustunlik belgilari mavjudligini tekşiradi. Bu haqda Interfax xabar berdi.
Qayd qilinişiça, 2022 yil oktyabr oyida qömita taksi xizmatlari agregator bozorini töliq tahlil qilişni boşlagan. 2023 yil fevral oyida «Yandeks Go» xizmati asosçilari - Yandex N.V. (Niderlandiya), Yandex Europe AG (Şveytsariya) va Ridetech International B.V. (Niderlandiya) kompaniyalariga sörov yuborilgan.
Qömita 2022 yil uçun ilovadan foydalanuvçilar (haydovçilar va mijozlar) soni, tranzaksiyalarning umumiy soni va yölovçilar oqimi, xizmatlar aylanmasi hamda «Yandeks Go» xizmati va taksi kompaniyalari tomonidan olingan komissiyalar miqdori va taqsimoti töğrisidagi ma’lumotlarni söragan.
Qömitaga köra, «Yandeks Go» xizmati ta’sisçisining xorijda röyxatdan ötgani uning faoliyatini monopoliyaga qarşi tartibga solişda muayyan qiyinçiliklar tuğdirmoqda.
«Tahlil natijalari qömita tomonidan ommaviy axborot vositalari orqali qöşimça ravişda e’lon qilinadi», deya ma’lum qilgan Raqobat qömitasi matbuot xizmati.
«Yandeks Go» kompaniyasi vakilining tuşuntirişiça, bunday sörovlar dunyo amaliyotida uçrab turadigan an’anaviy holat.
«Körib çiqilayotgan sörov Özbekiston monopoliyaga qarşi departamenti tomonidan taksi xizmatlari agregator bozorini tahlil qiliş doirasida yuborilgan. Biz qömita bilan aloqadamiz va hamkorlikka tayyormiz, javoblarni öz vaqtida va töliq hajmda beramiz», deyiladi kompaniya matbuot xizmati xabarida.
2022 yil aprel oyida Özbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi «Yandeks.Taksi»ga Toşkentdagi IT-parkning rezidenti bölişni taklif qilgan edi.
«Yandeks.Taksi» Özbekistonda 2018 yil aprel oyidan boşlab işlamoqda. Xizmat Toşkent va yana beşta şaharda mavjud.













