Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeChL. "Real" va "Siti"da yirik g‘alaba, "MYu" safarda "Yuventus"ni mag‘lub etdi
Foto: Twitter/ChampionsLeague
Chempionlar Ligasi 4-turining navbatdagi o‘yinlari o‘tkazildi.
Kunning markaziy o‘yinida "Yuventus" o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qildi. Uchrashuv 1:2 hisobida mehmonlar foydasiga yakunlandi.
65-daqiqada Ronaldu turinliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, o‘yinning asosiy vaqti tugashiga 4 daqiqa qolganida Mata farqni tenglashtirdi. 89-daqiqada esa Aleks Sandroning avtogoli "MYu" g‘alaba qozonishini ta'minladi.
"Real Madrid" esa safarda "Viktoriya Plzen" darvozasiga javobsiz 5ta gol urdi.
Kazemiro, Beyl hamda Kroos o‘z nomiga 1tadan gol yozib qo‘ygan bo‘lsa, Benzema esa dubl qayd etdi.
"Manchester Siti" esa o‘z maydonida "Shaxtyor"ni qabul qilib, 6:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi.
O‘yinda Gabriel Jyezus hettrik qayd etgan bo‘lsa, Silva, Sterling hamda Mahrez o‘z hisobiga 1tadan gol yozib qo‘ydi.
Yuventus – Manchester Yunayted 1:2
Gollar: 1:0 – 65 Ronaldu, 1:1 – 86 Mata, 1:2 – 89, avtogol Aleks Sandro.
Yuventus – Shchensny, Bonuchchi, Aleks Sandro, De Shilo (Bardzali, 83), Kellini, Xedira (Matyuidi, 61), Pyanich, Bentankur, Kuadrado (Manjukich, 90), Dibala, Ronaldu.
Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Shou, Yang, Lindelef, Lingard (Reshford, 70), Errera (Mata, 79), Sanches (Fellayni, 79), Pogba, Marsyal, Matich.
Ogohlantirishlar: Matich (12), Aleks Sandro (55), Dibala (75), Errera (75), Marsyal (90).
Viktoriya Plzen – Real Madrid 0:5
Gollar: 0:1 – 20 Benzema, 0:2 – 23 Kazemiro, 0:3 – 37 Benzema, 0:4 – 40 Beyl, 0:5 – 67 Kroos.
Viktoriya Plzen – Grushka, Gubnik, Geyda, Limberski, Gavel (Petrjyela, 38), Chermak (Gorshava, 61), Proxazka, Kopits, Groshovski, Rjyeznik, Xory (Rjyeznichek, 80).
Real Madrid – Kurtua, Nacho, Regilon, Odriosola, Ramos (Xaver Sanches, 59), Kazemiro, Kroos (Isko, 73), Sebalos, Vaskes, Beyl, Benzema (Vinisius Junior, 62).
Ogohlantirish: Nacho (53).
Manchester Siti – Shaxter 6:0
Gollar: 1:0 – 13 Silva, 2:0 – 24, penalti Gabriel Jyezus, 3:0 – 48 Sterling, 4:0 – 72, penalti Gabriel Jyezus, 5:0 – 84 Mahrez, 6:0 – 90 Gabriel Jyezus.
Manchester Siti – Ederson, Laport, Stounz, Uoker (Danilo, 61), Zinchenko, Silva (Gyundogan, 73), Fernandino (Delf, 76), Mahrez, Bernardu Silva, Sterling, Gabriel Jyezus.
Shaxter – Pyatov, Krivtsov, Ismaili, Matviyenko, Rakitskiy, Stepanenko, Maykon (Alan Patrik, 77), Kovalenko, Tayson (Vellington Nem, 77), Bolbat, Morayes (Kayode, 63).
Bavariya – AYeK 2:0
Gollar: 1:0 – 31, penalti Levandovski, 2:0 – 71 Levandovski.
Benfika – Ayaks 1:1
Gollar: 1:0 – 29 Jonas, 1:1 – 61 Tadich.
Lion – Hoffenxaym 2:2
Gollar: 1:0 – 19 Fekir, 2:0 – 28 Ndombele, 2:1 – 65 Kramarich, 2:2 – 90 Kaderjabek.
TsSKA – Roma 1:2
Gollar: 0:1 – 4 Manolas, 1:1 – 51 Sigurdsson, 1:2 – 59 Pellegrini.
Valensiya – Yang Boyz 3:1
Gollar: 1:0 – 14 Santi Mina, 1:1 – 37 Assale, 2:1 – 42 Santi Mina, 3:1 – 56 Soler.
Mavzuga oid
12:09 / 01.10.2025
«Liverpul» Turkiyada yutqazdi, grandlardan gollar yomg‘iri. YeChLda kun o‘yinlari
22:12 / 28.08.2025
«Real» Qozog‘istonga boradi – YeChL umumiy bosqichiga qur’a tashlandi
21:20 / 31.05.2025
Qizaloq va Lucho: bir muhabbat tarixi
16:34 / 31.05.2025