Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kaliforniyadagi otishma terakt bo‘lmagan: Ommaviy qotillik sobiq harbiy tomonidan sodir etilgan
Kaliforniya shtatining Tauzand-Oks shahridagi barda otishma sodir etganning shaxsi aniqlandi. Associated Press xabariga ko‘ra, talabalar oqshomi vaqtida barga bostirib kirib, 12 kishining hayotiga zomin bo‘lgan shaxs - 28 yoshli Ian Devid Long bo‘lib chiqdi.
Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, u AQSh harbiy-dengiz kuchlarida xizmat qilgan. U qonuniy asosda sotib olingan 45-kalibrli pistoletdan odamlarni o‘qqa tutgan.
U yig‘ilganlarga qarata 30ga yaqin o‘q uzgan, oxirida o‘z joniga qasd qilgan.
Hodisa Borderline Bar & Grill barida sodir bo‘ldi. Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, hujum vaqtida bino ichida bir necha yuz kishi bo‘lgan.
Qurbonlar orasida sherif yordamchisi ham bor edi, yana o‘ndan ortiq kishi jarohatlangan.
Mahalliy politsiya dastlab bu hujum terakt bo‘lishi mumkinligini istisno etmayotgandi.
Mavzuga oid
09:15 / 16.06.2026
Kaliforniyada AQShning B-52 strategik bombardimonchisi quladi
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
00:10 / 25.04.2026
AQShda 60 metr balandlikdan yiqilgan ayol tirik qoldi
20:05 / 12.02.2026