AQŞning Kaliforniya ştatidagi Tauzand-Ouks şahrida joylaşgan barlardan birida otişma uyuştirildi. Bu hodisa 8 noyabrga ötar keçasi, Borderline Bar & Grill binosida — kantri musiqasi muxlislari uçun raqs klubida röy berdi. Bu vaqtda klubda talabalar oqşomi uyuştirilgandi, içkarida bir neça yuz kişi bölgan. Jinoyatçi kamida 30 marta öq uzgan. Hozirça jinoyatçi qanday quroldan foydalangani rasman ma'lum qilmadi, guvohlardan birining sözlariga köra qotil yarim avtomat töpponça bilan odamlarni öldirgan.
Jinoyatçi 12 kişini otib taşlagan. Hozirça hukumat faqat raqamlarni keltirmoqda: marhumlardan biri şerif örinbosaridir. U otişma boşlanişidan bir neça daqiqa ötib, barga kelgan va jarohat olgan. U şifoxonada jon bergan. Uşbu xunrezlik oqibatida yana önlab kişilar jarohatlangan, ularning barçasi şifoxonaga yotqizilgan, ularning holati haqida ma'lumotlar mavjud emas.
Bar içidan qotilning jasadi topilgan. U özini öldirgani yoki politsiya öqidan halok bölgani ma'lum emas. Uning şaxsi hozirça aniqlanmadi. Uni ommaviy qotillikka undagan sabablar ham ma'lum emas. Guvohlarning sözlariga köra, u binoga kirişi bilanoq öq uza boşlagan — uning ilk qurbonlari qöriqçi va kassir bölgan. Öt oçişdan avval u heç qanday söz aytmagan.

Qayd etiş kerakki, Tauzand-Ouks mamlakatning eng tinç va xavfsiz şaharlaridan biri hisoblanardi. Bu şahar Los-Anjyelesdan bir neça ön kilometr masofada joylaşgan. Şahar meri Tauzand-Ouks köp yillar davomida eng kam jinoyat sodir etilgan şaharlar reytingida birinçi örinni egallab kelganini aytib ötgan. «Şunday davr keldiki, bunday jinoyatlar istalgan vaqtda istalgan joyda, hattoki maksimal darajada xavfsiz deb qaralgan hududlarda ham röy berişi mumkin», — degan mer.
Ommaviy qotilliklar: sabab, isyon va oqibat











