Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi bilan yangi uchrashuvi qachon o‘tishi mumkinligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In bilan yangi uchrashuvi taxminan 2019 yil boshida o‘tishi mumkinligini aytdi.
“Biz Shimoliy Koreya bilan muzokaralarning qanday borayotganidan mamnunmiz. Biz shoshilmayapmiz. Sanktsiyalar joyida, raketalar uchmayapti, garovga olinganlar uyida”, deb aytggan Tramp Oq uydagi matbuot anjumanda. “Oxirgi 5 oy ichida biz 70 yildagidan ko‘proq taraqqiyotga erishdik, hech kim men qilgan narsani qilolmasdi”, deb qo‘shimcha qilgan Tramp.
AQSh prezidenti davlat kotibi Maykl Pompeoning Shimoliy Koreya vakillari bilan uchrashuvi rejalashtirib qo‘yilgan boshqa safarlar sababli boshqa sanaga ko‘chirilganini aytib o‘tgan.
12 iyunda Singapurda AQSh va Shimoliy Koreya yetakchilarining tarixdagi ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
14:43 / 30.01.2026
Kim Chen In KXDRni “o‘zgartirish”ga va’da berdi
09:35 / 16.01.2026
Tramp G‘azo sektorida “Tinchlik kengashi” tuzilganini e’lon qildi
11:34 / 29.12.2025
KXDR Sariq dengiz yo‘nalishida ikki qanotli raketa sinovini o‘tkazdi
21:21 / 26.12.2025