O‘zbekiston | 20:23 / 08.11.2018
7919
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda hayvonot va o‘simlik dunyosi obektlarining davlat hisobi yuritiladi 

Foto: KUN.UZ

Vazirlar Mahkamasining hayvonot va o‘simlik dunyosi obektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.

Qaror bilan Hayvonot dunyosi obektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi hamda O‘simlik dunyosi obektlarining davlat hisobini, ulardan foydalanish hajmlari hisobini va davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hyjjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirishi belgilab qo‘yildi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid