Ekologiya vazirligi qayd etişiça, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligi tomonidan amalga oşirilayotgan loyiha doirasida Orol dengizi qurigan tubida ekologik tiklaş maqsadida istiqbolli ösimlik turlarini joriy etiş yuzasidan ilmiy sinovlar olib borilmoqda.

Ötkazilgan dala tadqiqotlari natijalariga köra, yuqori yaşovçanlik körsatgan eng istiqbolli ösimliklardan biri — arundo donax (gigant qamiş) böldi. Uşbu ösimlik tabiatan namlikni yoqtiruvçi bölişiga qaramay, şörlangan muhitga yuqori darajada moslaşiş xususiyatiga ega. 

Tajriba maydonlarida olib borilgan tuproq qaziş işlari natijasida yer osti suvlari sathi taxminan 2 metr çuqurlikda joylaşgani aniqlangan bölib, arundo donax ildizlari allaqaçon birinçi yilning özida şu çuqurlikka yetib borayotgani kuzatildi. Bu esa ösimlikka barqaror ösiş va rivojlaniş imkonini beradi.

Ötkazilayotgan sinovlar Orolböyi mintaqasida ekologik holatni yaxşilaş, çang böronlariga qarşi kuraşiş hamda biologik tiklaniş orqali hudud ekotizimini barqarorlaştiriş yölida muhim ilmiy asos yaratmoqda. Kelgusida mazkur tajriba asosida keng kölamli kökalamzorlaştiriş işlari olib borilişi rejalaştirilgan.