Marg‘ilonlik nafsi hakalak otgan «hotamtoylar»
Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari Marg‘ilonda "hotamtoylik" borasida ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan usul "kashf" etilganini aniqladilar.
Gap Moliya vazirligi huzuridagi Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Marg‘ilon shahar bo‘limi boshlig‘i A.Rahmonov, avval bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari va keyinchalik bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlagan N.Mirzayev, pensiya va nafaqalar tayinlash guruhi rahbari F.Madaliyev, guruh mutaxassisi E.Yakubov, pensiya va nafaqalarni to‘lash ustidan monitoring guruhi bosh mutaxassisi O.Abdurahmonov, monitoring guruhi mutaxassislari B.Suyarov, M.Karimov, Yu.Vahobov, hisobchi yordamchisi S.Nuriddinov, bo‘lim ish yurituvchisi B.Usmonov, elektron hisoblash mashinalari muhandisi B.Mirzaahmedov, "Agrobank"ning Marg‘ilon filiali plastik kartalar bilan ta'minlash bo‘limi mutaxassisi M.Olimov, "Xalq banki"ning Marg‘ilon filiali plastik kartalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi O.Rahmonov, "Milliybank"ning Marg‘ilon filiali plastik kartalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi A.Hakimov, shahar 6-aloqa bo‘limi boshlig‘i Sh. Qodirov va 1-aloqa bo‘limi xabarchisi N.Xolmatovdan iborat jinoiy guruhning qilmishlari haqida bormoqda.
Ma'lumki, Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan "Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida"gi Nizomning 171-bandi 1-xatboshisiga muvofiq, pensioner vafot etganda pensiya to‘lash to‘xtatiladi.
Mazkur uyushgan jinoiy guruh a'zolari esa, 2012 yil 1 maydan 2016 yil 1 sentabrgacha bo‘lgan turli muddatlarda "Pensiya PK" elektron dasturiga soxta ma'lumotlarni kiritib, shu asosida to‘lov hujjatlarini tuzgan.
So‘ngra muqaddam vafot etgan 220 nafar shaxsga bank plastik kartalari va aloqa bo‘limlari orqali 2 milliard 182 million 855 ming so‘m miqdorida pensiya to‘lovini amalga oshirgan.
Bundan tashqari, jinoiy guruh a'zolari yana "Pensiya PK" elektron dasturiga soxta ma'lumotlarni kiritib va to‘lov hujjatlarini tuzib, qayd etilgan manzilda yashamaydigan yoki familiyasi, ismi va tug‘ilgan yillari o‘zgartilgan 142 nafar fuqaroga 1 milliard 674 million 350 ming so‘m pensiya to‘lovini bank plastik kartalari va aloqa bo‘limlari orqali amalga oshirgan. To‘g‘rirog‘i, mazkur mablag‘ni ham o‘zlashtirishgan.
Ular yana hujjatlarni soxtalashtirgan holda, 2013 yilda Rossiya Federatsiyasiga doimiy yashash uchun ko‘chib ketgan uch nafar fuqaro nomiga jami 24 215 900 so‘m pensiya pullarini to‘lovga qaratib, bu mablag‘larni shaxsiy manfaatlari yo‘lida o‘zlashtirishgan.
Bu hali hammasi emas. Ular hujjatlarida xato va kamchiliklar borligi bois pensiyasi to‘xtatilgan 7 nafar fuqaroga ham pensiya to‘lashni davom ettirgan. Natijada 83 million 75 ming so‘m byudjyet mablag‘i ularning hamyonlariga kelib tushgan.
Bu ham yetmagandek, 2012 yil 1 sentabrdan 2015 yil 1 yanvargacha bo‘lgan vaqt mobaynida aslida ish joyidan pensiya to‘lanayotgan 48 nafar fuqaroga bo‘lim tomonidan ham 238 million 321 million so‘m miqdorida pensiya to‘lanishiga erishganlar. Bu pullarni bank plastik kartochkalariga tushirib, so‘ng o‘z ehtiyojlari yo‘lida sarflashgan.
2015 yil 18 fevralda A. Rahmonov yoshga doir pensiyaga chiqadi. Uning o‘rinbosari N.Mirzayev bo‘lim boshlig‘i etib tayinlanadi va u ham sobiq boshlig‘ining qilmishlarini ortig‘i bilan davom ettiradi.
Bu kirdikorlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v”, “g” bandlari, 209-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudi har bir aybdorga qilmishiga yarasha qonuniy jazo tayinladi.
Tergov jarayonida jinoyatchilar tomonidan davlat byudjyetiga yetkazilgan zarar qisman qoplandi. Shu bois sud hukmida moddiy zararning qolgan qismi ulardan solidar tartibda undirilishi belgilandi.
Shu o‘rinda haqli savol tug‘iladi: Marg‘ilonda naqd to‘rt yil mobaynida shuncha talon-torojliklar sodir etiladi-yu, nahotki buni Moliya vazirligining Farg‘ona viloyati nazorat-taftish boshqarmasi yoki Byudjyetdan tashqari pensiya jamg‘armasi viloyat boshqarmasi mutasaddi va mas'ullari bilishmagan?!.
Vaholanki, taftishchilar tomonidan byudjyet mablag‘larining maqsadli sarflanishi har yili o‘rganilib, tekshirilib boriladi-ku.
Shuning uchun sud har ikkala boshqarmaning aybdor mas'ul xodimlari hamda sud tergovi jarayonida aniqlangan holatlar bo‘yicha yana bir qator shaxslarning javobgarlik masalasini hal qilish yuzasidan xususiy ajrim chiqarib, Farg‘ona viloyat prokuraturasiga yubordi.
Prokuratura organlari tomonidan olib borilgan qo‘shimcha tergov-surishtiruv harakatlari natijasida esa, jinoiy guruhdagi yana 8 nafar shaxs — bo‘limning pensiya va nafaqalarni tayinlash guruhi mutaxassislari O.Madaminova, X.Abdullayev, N.Ahmadjonov, G‘. Akbarov, pensiya va nafaqalar to‘lanishi ustidan monitoring guruhi mutaxassislari M.Yusupxodjayev, U.Qodirov, shahardagi 7-aloqa bo‘limi xabarchisi X.Shokirov, AT "Qishloqqurilishbank"ning Marg‘ilon filiali plastik kartalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi A.Hoshimovlar bilan "hamkorlik"da sodir etgan qilmishlari fosh etildi.
Jumladan, marg‘ilonlik "hotamtoylar" aslida mavjud bo‘lmagan fuqarolarga, ya'ni A.So‘pijonovga 24 516 410 so‘m, M.Alimovga 23 977 841 so‘m, M.Javlonovga 18 928 722 so‘m, A.Hakimjonovga 18 201 739 so‘m, T.Mirzayevaga 16 538 064 so‘m "pensiya berishgan". Ularning "saxiyligi" tufayli jazoni ijro etish muassasasida jazo o‘tayotgan A.Tohirov va J.Basapoqulovlar ham 2016 yilning may-sentabr oylarida 3 617 170 so‘m pensiya olishga "ulgurgan".
Aybdorlar avvalgi tekshirishda aniqlanmagan yana 700 million 152 ming so‘m byudjyet mablag‘ini tuya qilgani, jami o‘zlashtirilib, talon-toroj qilingan mablag‘ qariyb 5 milliard so‘m ekanligi ayon bo‘ldi. Oqibatda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyat sudi tomonidan qonuniy jazo tayinlandi.
Shu tarzda na qonundan, na o‘zgalarning haqidan qo‘rqqan bir guruh uyushgan jinoiy sheriklarning qabih faoliyatiga chek qo‘yildi.
Mansurjon IBRAGIMOV,
jinoyat ishlari bo‘yicha Marg‘ilon shahar sudining raisi.
Tavsiya etamiz
«Ba’zilar uchun genotsid daromadli» - BMT eksperti butun dunyoni Isroil bilan savdoni to‘xtatishga chaqirdi
Jahon | 18:56 / 04.07.2025
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qidiruv-qutqaruv operatsiyalari uchun kiborg-qo‘ng‘iz yaratildi
Fan-texnika | 20:08
-
Fermerlarni yangi jazo va majburiyatlar kutmoqda. Qonun loyihasi deputatlar bahsiga sabab bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:24
-
Taniqli turk oshpazi Burak O‘zdemir Bektemir Residence’da restoran ochmoqda
O‘zbekiston | 19:00
-
Parijda 100 yillik taqiqdan keyin Senada cho‘milishga ruxsat berildi
Jahon | 18:52
Mavzuga oid

23:34 / 28.05.2025
Ispaniyada IIVning sobiq davlat kotibi jinoiy guruh ishi doirasida hibsga olindi

15:43 / 13.05.2025
Taganskaya uyushgan jinoiy guruhi rahbari 25 yilga qamaldi

17:40 / 15.04.2025
Farg‘onadagi «zapravka»da Matizʼga o‘rnatilgan gazballoni portlab ketdi

17:21 / 05.04.2025