Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada vafot etgan fuqarolarning jasadlari vatanga bepul olib kelinishi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
6-8 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘ldi.
8 noyabr kuni Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, rais o‘rinbosari Sodiq Safoyev va boshqa senatorlardan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvadagi elchixonada Rossiyada istiqomat qilayotgan o‘zbek diasporasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazgan.
Yig‘ilganlar senatorlarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishgan.
Huquqshunos Botirjon Shermuhammad o‘zining feysbukdagi sahifasida yozishicha, senator Sodiq Safoyev Rossiyadagi o‘zbek milliy-madaniy markazlari va o‘zbeklarning jamoat tashkilotlari o‘zbekistonlik mehnat migrantlari bilan ishlashlari uchun moliyaviy qo‘llab-quvvatlanishi ustida ishlashga va'da bergan. Shuningdek, elchixona tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatilishi ta'kidlangan.
O‘zbekiston hukumati Rossiya hududida vafot etgan fuqarolarining jasadlarini vatanga bepul olib kelish ustida ham ishlamoqda.
Uchrashuvda O‘zbekistonning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov ayni vaqtda ushbu masalada «O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi bilan muzokara o‘tkazilayotgani haqida ma'lum qilgan. Elchi ushbu masala ijobiy yechim topishiga ishonch bildirgan.
Mavzuga oid
20:29 / 16.10.2025
Putin O‘zbekiston bosh prokurorini «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirladi
17:24 / 06.09.2025
O‘tgan yili 900 mingga yaqin ish o‘rni hisobotlarga qo‘shib yozilgan - Bosh prokuror
15:24 / 27.08.2025
Bosh prokuror, ichki ishlar vaziri va mudofaa vazirining unvonlari oshirildi
16:40 / 14.01.2025