Sport | 11:00 / 11.11.2018
9465
5 daqiqa o‘qiladi

10ta sariq kartochka va oxirgi daqiqadagi gol. «Atletiko» irodali g‘alaba evaziga ikkinchi o‘ringa chiqib oldi

Ispaniya chempionati 12-turi doirasida «Atletiko» o‘z maydonida «Atletik» Bilbaoni qabul qildi. «Vanda Metropolitano» stadionida kechgan o‘yin 3:2 hisobida maydon egalari foydasiga hal bo‘ldi. 

O‘yinda hisobni mehmonlar hujumchisi Inyaki Uilyams ochdi, ikkinchi bo‘lim boshida madridliklar yarimhimoyachisi Parti hisobni tenglashtirdi, ammo 3 daqiqa o‘tib Inyaki Uilyams dublni rasmiylashtirdi. 

Asosiy vaqt yakunlanib borayotganda mezbonlar futbolchisi Rodri Ernandes hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. O‘yinga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa «Atletiko» sardori Diyego Godin g‘alaba golini urdi.

Qayd etish kerakki, uchrashuv o‘ta asabiy ruhda kechdi va hakam o‘z cho‘ntagidan 10ta sariq, bitta qizil kartochka olishga majbur bo‘ldi.

Endilikda «Atletiko» o‘z hisobidagi ochkolar sonini 23taga yetkazgan va turnir jadvalida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib olgan, «Atletik» esa 10 ochkosi bilan 17-o‘rinda qolmoqda.

Keyingi turda «matraschilar» Madridda «Barselona»ga qarshi o‘ynaydi, bilbaoliklar esa «Xetafe»ni qabul qiladi. Ikki uchrashuv ham 24 noyabr kuniga belgilangan.

Bu tur doirasida «Valensiya» safarda «Xetafe» bilan bellashdi va 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Yagona gol 81-daqiqada Parexo tomonidan penaltidan urildi.

Natijada, «ko‘rshapalaklar» qatorasiga 4ta o‘yindan iborat g‘alabasiz seriyaga barham berishdi. Jamoa 14 ochko bilan 14-o‘rinda boryapti. «Xetafe» 16 ochko bilan 10-o‘rinni egallab turibdi.

12-tur doirasidagi yana ikki uchrashuv golsiz durang bilan yakunlandi. «Valyadolid»-«Eybar» hamda «Leganes»-«Jirona» uchrashuvida muxlislar gol ko‘rishmadi.

Bugun tur doirasida «Barselona» «Betis»ni qabul qiladi, «Real» safarda «Selta»ga qarshi o‘ynaydi.

Ispaniya chempionati
12-tur
Atletiko – Atletik 3:2
(0:1, 3:1)
Gollar: 0:1 – 36 Inyaki Uilyams, 1:1 – 61 Parti, 1:2 – 64 Inyaki Uilyams, 2:2 – 80 Rodri Ernandes, 3:2 – 90 Godin.
Atletiko – Oblak, Aryas, Godin, Montero (Jyelson Martinsh, 56), Filipe Luis, Korrea (Kalinich, 62), Parti, Rodri Ernandes, Saul, Diyego Kosta (Vitolo, 46), Grizmann.
Atletik – Yago Errerin, De Markos, Nunes, Martines, Balensiaga, Benyat (Nolaskoayn, 67), San Xose, Muniain, Susayeta (Kapa, 88), Inyaki Uilyams (Raul Garsiya, 76), Berchiche.
Ogohlantirishlar: Diyego Kosta (38), Benyat (49), Vitolo (66), Kalinich (66), Adan (66), San Xose (82), De Markos (86), Martines (90), Korrea (90), Berchiche (90).
Chetlatish: Berchiche (90).

Xetafe – Valensiya 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 81, penalti Parexo.
Xetafe – Soriya, Suares, Bruno Gonsales, Kabrera, Antunesh, Portilo, Arambarri, Maksimovich, Ndiayye (Ibanes, 83), Anxel (Mata, 65), Molina (Serxi Gvardiola, 90).
Valensiya –    Neto, Vass (Ferran Torres, 90), Garay, Gabriel, Gayya, Soler, Parexo, Koklen, Gedesh (Ruben Vezu, 85), Rodrigo, Santi Mina (Gameyro, 69).
Ogohlantirishlar: Antunesh (30), Gayya (54), Koklen (56), Bruno Gonsales (75), Garay (90).
Chetlatish: Bruno Gonsales (79).

Valyadolid – Eybar 0:0 (0:0, 0:0)
Valyadolid – Masip, Moyyano (Antonito, 72), Kiko Olivas, Kalero, Martines, Alkaras, Michel, Plano, Suares (Verde, 62), Toni, Unal (Chop, 83).
Eybar – Riyesgo, Penya, Paulu Oliveyra, Arbilya, Xose Anxel, Eskalante, Diop, Orelyana (Bigas, 76), Jordan, Kukurelya (Alvares, 88), Sharles (Kike, 69).
Ogohlantirishlar: Arbilya (15), Martines (41), Penya (63), Kalero (81), Diop (87).
Chetlatish: Arbilya (72).

Jirona – Leganes 0:0 (0:0, 0:0)
Jirona – Bunu, Ramalo, Espinosa, Munesa, Porro (Xuanpe, 90), Aleish Garsiya (Granel, 81), Pons, Planas, Roberts (Losano, 57), Garsiya, Stuani.
Leganes – Kuelyar (Lunin, 86), Tarin, Omeruo, Siovas, Oxeda (Nom, 74), Resio, Peres, Silva, Eraso (Santos, 73), Oskar Rodriges, Karrilo.
Ogohlantirishlar: Oskar Rodriges (19), Eraso (69), Oxeda (71), Losano (90), Karrilo (90).

Turnir jadvali

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid