Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstriyada yana bir harbiy Rossiya foydasiga josuslikda gumonlanmoqda
Avstriya hokimiyati davlat sirini Rossiya tomoniga oshkor qilishda gumonlanayotgan yana bir shaxs ustidan tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda, deb yozadi Interfax.
Kronen Zeitung gazetasi xabar qilishicha, u — Konstitutsiyani himoya qilish va terrorizmga qarshi kurashish Federal idorasi (kontrrazvedka) xodimidir.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, bu idora ofisida ilgariroq keng miqyosli tintuv o‘tkazilgan. Bundan tashqari, gumonlanuvchi yashaydigan manzilda ham tergovoldi tadbirlari bo‘lib o‘tgan.
Avstriya qonunchiligiga ko‘ra, davlat siri mavjud bo‘gan axborotni oshkor qilish uchun 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Avstriyada 9 noyabr kuni uzoq yillardan buyon Rossiya foydasiga josuslik qilib kelgan avstriyalik iste'fodagi polkovnik qo‘lga olingandi. U Rossiya harbiy razvedkasiga migratsiya inqirozi, Avstriya harbiy aviatsiyasi va artilleriya tizimlari haqidagi axborotni, shuningdek, avstriyalik ko‘plab yuqori mansabli harbiylar haqidagi batafsil ma'lumotlarni uzatgani ma'lum bo‘lgan.
OAV ma'lumotiga ko‘ra, u Rossiyaga NATO haqidagi ma'lumotlarni ham yetkazib turgan.
Avstriya mudofaa vazirligi xabariga ko‘ra, josus aybiga iqror bo‘lgan. Ayni vaqtda 70 yoshli polkovnik hibsda saqlanmoqda, u 10 yilga qamalishi mumkin.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Germaniya fuqaroligini olgan chet elliklar soni rekord darajaga yetdi
19:52 / 03.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashdi
22:50 / 01.06.2026
Saida Mirziyoyeva Avstriya va BMT rahbariyati bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi
20:19 / 01.06.2026