Yuz yil avval, 1918 yilning 11 noyabrida fransuz marşali Ferdinand Foşning Kompen örmonidagi vagon-ştabida nemis delegatsiyasi rahbari general-mayor Detlof fon Vinterfeld bilan sulh imzolangandi. Artilleriya qurollari 101 marta salyut beradi va Ğarbda keyingi yigirma yil davomida öq uzilmaydi. Frantsuzlar Grande guerre deb ataydigan tört yil davom etgan Birinçi jahon uruşi nihoyasiga yetadi.
Bugun Parijda ötkaziladigan xotira marosimiga jahonning turli davlatlari yetakçilari yetib kelişdi.

Kunning ikkinçi yarmida jahon yetakçilari Fransiya prezidenti Emmanuel Makron taşabbusi bilan taşkillaştirilgan va «zamonaviy dunyoda taranglik oşib borayotganiga javob bölişi» kutilayotgan Tinçlik forumida iştirok etişdi.

Buyuk uruş
Nazariy jihatdan uruşning barça qatnaşçilariga taalluqli mazkur sana ötgan bir asr davomida faqatgina Fransiya va Belgiya uçungina tölaqonli bayram bölib qoldi. Ön birinçi noyabr bu davlatlarda hamişa dam oliş kuni hisoblanadi. Birlaşgan Qirollikda esa 11 noyabrga yaqin bölgan yakşanba kuni Xotira kuni sifatida nişonlanadi.

Uruşning qolgan qatnaşçilari esa bu kunni tantana qilmaydi. Ayniqsa, Avstro-Vengriya va Germaniya uçun nişonlaydigan arzirli narsaning özi yöq. Ular 1918 yil noyabrda öz davlatçiliklaridan ayrilişgan, ğoliblar – fransuzlar esa nemislar mağlub bölganliklaridan yiğlab alamli közyoş tökişlari uçun ularning faqatgina közlarini qoldirişga tayyor edi.
Ularning bu maqsadlari amalga oşdi. Germaniya sulh şartlariga köra qöşinlarini nafaqat Fransiya, Belgiya va Lyuksemburgdan, balki Elzas va Lotaringiyadan hamda Reyn böyidan ham olib çiqib ketişi lozim edi. Ittifoqçilarga öz floti, aviatsiyasi va artilleriyasini berişdan taşqari, Germaniya ğoliblarga beş mingta parovoz va 150 mingta vagon tayyorlab berişni zimmasiga olgandi.











