Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Parijdan turib Donbass aholisini saylovlarda ishtirok etmaslikka chaqirdi
Hozirda Birinchi jahon urushi yakunlanganining 100 yilligi nishonlanayotgan Parijda qolayotgan Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Donbass hududidagi tan olinmagan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarida 11 noyabrda xalq kengashlari rahbarlari va deputatlari saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan ushbu hududlar aholisiga murojaat qildi.
Poroshenko “bosib olingan ushbu hududlarda” yashovchi ukrainaliklarni saylovlarda ovoz bermaslikka chaqirgan. “O‘z ovozingizni bermang. Soxta saylovlarda ishtirok etmang”, deb aytgan Poroshenko.
“Rossiya buni o‘zigagina xos tarzda, qotilliklar, qiynoqlar, qonunbuzarliklar sodir etgan avvalgi qo‘g‘irchoqlarini dastlab yo‘q qilish, so‘ngra avvaldan tayinlab bo‘lingan keyingi qo‘g‘irchoqlarini tayinlash uchun qilmoqda”, deb aytgan Ukraina prezidenti.
Poroshenko Ukraina bunga qat'iy qarshilik ko‘rsatishini aytgan. “Ukraina okkupatsiya qilingan Donbass va Qrimni qaytarib olish uchun barcha choralarni ko‘radi. Butun dunyo hozir biz, ukrainaliklar bilan”, deb ta'kidlab o‘tgan Poroshenko.
“Biz bu saylovlar hech kim tomonidan tan olinmasligiga ishonchimiz komil. Bu saylovlar bosib olingan hududda Rossiya avtomatlari stvoli ostida o‘tkazilmoqda. Ularga qat'iyan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, deb qo‘shimcha qilgan Ukraina prezidenti.
Poroshenkoning aytishicha, saylovlarning noqonuniy o‘tkazilishi Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi va Yevropa kengashi vazirlari qo‘mitasi yig‘ilishi kun tartibiga kiritiladi.
Bu orada Ukraina xavfsizlik xizmati ushbu saylovlarning qanday natija bilan yakunlanishi oldindan hal qilib qo‘yilganini ma'lum qilgan.
“Bizning ma'lumotlarga ko‘ra, “DXR”da Pushilin g‘alabasi uchun 55 foiz, “LXR”da Pasechnik g‘alabasi uchun 63 foiz ovoz beriladi. Saylovlardagi ishtirok 70 foizni ko‘rsatishi kerak”, deb aytgan Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsak.
Mavzuga oid
15:45 / 10.07.2026
Putin urushni davom ettirmoqchi
20:08 / 04.06.2026
Moskvadan Qrimga ketayotgan yo‘lovchi avtobus zarbaga uchradi
21:08 / 22.05.2026
Bloomberg: Putin urushni yil oxirigacha yakunlamoqchi, ammo o‘z shartlari asosida
09:07 / 13.05.2026