Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» milliy dastur taqdimotlar seriyasiga start berildi
11 noyabrda «O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» davlat dasturi doirasida Rossiya shaharlari bo‘ylab O‘zbekistondan promo-turlar seriyasiga start berildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Qo‘mita, «O‘zsharobsanoat» AJ va turistik tashkilotlar vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi 11 noyabrdan 18 noyabrgacha RFning bir necha shahri - Novosibirsk, Yekaterinburg, Qozon va Ufada taqdimot o‘tkazadi.

Tadbirlar doirasida O‘zbekistondagi madaniy-rekreatsion imkoniyatlar, gastronomik, eko va tog‘-chang‘i turizmi taqdimotlari, shuningdek O‘zbekiston shaharlari bo‘ylab bepul tur tanlovi o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Rossiya kasaba uyushmalari, turkompaniyalari va biznes doiralari vakillari uchun «V2V» uchrashuvlar doirasida oldindagi qishki va bahorgi mavsum uchun maxsus takliflar taqdim etiladi. Bu ikki mamlakat turistik biznes vakillari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish imkonini beradi.

Rossiyada O‘zbekistonga sayohat qilish istagini bildirayotganlar soni kundan kunga oshib bormoqda. Tut.ru nashriga ko‘ra, Yangi yil bayrami ta'tiliga rossiyaliklar tomonidan eng ko‘p sotib olinayotgan chiptalar bo‘yicha O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda. National Geographic Traveler jurnali versiyasiga ko‘ra, National Geographic Traveler Awards 2018 tanlovida gastronomik yo‘nalishda O‘zbekiston g‘olib deb topilgan.


Taqdimot dasturi doirasida promo-tadbirlar mehmonlari va ishtirokchilari o‘zbek milliy taomlari bilan siylandi hamda milliy musiqiy ansambllar dasturlari namoyish qilindi.

Mavzuga oid
10:15
Rossiya chet el fuqarolari uchun tibbiy ko‘rik qoidalarini kuchaytirdi
09:00
Rossiyaning ommaviy hujumi: Kiyevda 4, Xarkivda 5 kishi halok bo‘ldi
08:59
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
23:44 / 13.06.2026