Jahon | 13:59 / 13.11.2018
5613
2 daqiqa o‘qiladi

6 yilda ShHT davlatlari qancha giyohvand moddalar musodara qilgani ma'lum

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning huquqni muhofaza qilish organlari 2011-2017 yillarda Yevroosiyo hududidagi geroin va marixuana umumiy miqdoridan qariyb 40 foizini musodara qilishdi. Bu haqda 13 noyabr kuni ShHT bosh kotibi Rashid Alimov mintaqaviy hamkorlik bo‘yicha Parij bitimi ekspertlar ishchi guruhi yig‘ilishining ochilishida ma'lum qildi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, 2011-2017 yillarda ShHTga a'zo 8 davlatning vakolatli organlari tomonidan 180 tonnadan ortiq geroin, 340 tonna afyun, 1,5 ming tonna marixuana va 1,6 ming tonnadan ortiq gashish musodara qilindi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, «Bu Yevroosiyo butun hududi bo‘ylab olib qo‘yilgan geroin va marixuananing taxminan 40 foizi, gashishning esa to‘rtdan bir qismidan ko‘p».

Qayd etilishicha, «Bu raqamlar ShHT davlatlarining Yevroosiyo makonida giyohvand moddalar yovuzligiga qarshi samarali kurashish bo‘yicha haqiqiy imkoniyatlarini aks ettiradi».

«Ammo biz qoniqmayapmiz, ShHT giyohvand moddalarga qarshi kurashish bo‘yicha sa'y-harakatlarni kuchaytiradi, birinchi navbatda, bu sohadagi qonunchilik-huquqiy baza mustahkamlanadi», - dedi tashkilot bosh kotibi.

Mavzuga oid