Jahon | 08:16 / 13.11.2018
4969
1 daqiqa o‘qiladi

Daniyada it qo‘shilgan chanalar rasmiy transport turi sifatida tan olindi

Foto: Yuliya Kalachixina/«Gazeta.Ru»

Daniya hukumati it qo‘shilgan chanalarni transportning rasmiy turi sifatida tan oldi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, ularda Daniya yo‘llari bo‘ylab 2019 yil 1 yanvardan boshlab safar qilish mumkin bo‘ladi.

Qayd etilishicha, mamlakat hukumatidagilarning fikricha, aholi bunday transport vositasidan dam olishning faol turi sifatida foydalanadi.

Shu bilan birga, ilgari Daniyada it qo‘shilgan chanalarda faqat maxsus mo‘ljallangan joylarda yurish mumkin bo‘lgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid