Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi 10 nafar futbolchisi ma'lum qilindi
Italiyalik jurnalist Tankredi Palmeri dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari haqidagi ma'lumotlari bilan o‘rtoqlashdi.
Unga ko‘ra, «Barselona»ning argentinalik hujumchisi Lionel Messi hammadan ko‘p pul ishlab topayotgani ma'lum bo‘ldi. Uning yillik maoshi 40 million yevroga teng. Ikkinchi o‘rinda «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu (31 million yevro), uchinchi o‘rinda «PSJ» hujumchisi Neymar (30 million yevro).

Top-10 dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi futbolchilari:
1. Lionel Messi («Barselona») – 40 million yevro
2. Krishtianu Ronaldu («Yuventus») - 31
3. Neymar («PSJ») - 30
4. Andres Inesta («Vissel Kobe») – 25
5. Oskar («Shanxay SIPG») – 24
6. Aleksis Sanches («Manchester Yunayted») – 22,5
7. Antuan Grizmann («Atletiko») – 20
8. Xalk («Shanxay SIPG») – 20
9. Xaver Maskerano («Xebey Chayna Forchun») – 19
10. Xavi («As-Sadd») – 19.
Mavzuga oid
11:07 / 28.06.2026
JCh kundaligi. Messi yana gol urdi, Ronaldu yana soyada qoldi, Eron guruhda qolib ketdi
09:46 / 24.06.2026
JChda 13-kun. Ronalduda rekord, Husanovning ko‘z yoshi va «jodulangan» Keyn
22:52 / 23.06.2026
Ronaldu tarixda birinchi bo‘lib 6 ta jahon chempionatida gol urdi
12:38 / 21.06.2026