Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
G‘azo sektoridagi keskinlashuv: ikki tomondan jabrlanganlar soni oshmoqda
Falastinlik jangarilar Isroil maxsus xizmatining 7 falastinlikning o‘limiga olib kelgan operatsiyasiga javoban G‘azo sektoridan Isroil tomon 300 ga yaqin raketa otdi. Raketalar Sderot va Ashkelon shaharlaridagi turar joy binolariga va avtobusga tekkan.
Hujum oqibatida kamida 34 isroillik yaralanish olib va stress holatida shifoxonalarga yetkazilgan. Jumladan, oyna siniqlari va bombapanohgohlarga yugurish vaqtida yiqilishlardan jarohat olgan 16 kishi shifoxonaga olib borilgan.
Isroil bunga javoban G‘azo sektoridagi o‘nlab turli obektlarga havodan va yerdan zarbalar bermoqda. Bu zarbalar oqibatida kamida 3 falastinlik halok bo‘lgan. Shuningdek, XAMASga tegishli sektordagi “Al-Aqso” mahalliy telekanali bombardimonga uchragan.
“Al-Aqso” binosi tomon 8 ta raketa otilgan va uning vayron bo‘lishiga olib kelgan”, – deb ma'lum qilgan XAMAS rasmiy vakili Favzi Borhum. U bu zarbani G‘azo sektoridagi so‘z erkinligiga qarshi zarba deb atagan.
Falastin yetakchisi Mahsud Abbos jahon hamjamiyatini sektordagi vaziyatga aralashish va Isroil tajovuzini to‘xtatishga chaqirdi.U Isroil tajovuzini qoralab, xalqaro hamjamiyatni zudlik bilan vaziyatga aralashib, bu tajovuzni to‘xtatishga hamda mintaqaning yanada ko‘proq vayrongarchiliklar va barqarorsizlikka botib ketishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirgan.
Vaziyatning keskinlashuviga G‘azo sektoridagi oxirgi voqealar sabab bo‘ldi. Bu yerda 12 noyabrga o‘tar kechasi Isroil armiyasi maxsus kuchlarining Xan-Yunis shahridagi operatsiyasi vaqtida XAMAS harakati harbiy bo‘linmalaridan birining qo‘mondoni o‘rinbosari Nur Barak va 6 falastinlik o‘ldirilgan.
Mavzuga oid
20:25 / 14.07.2026
Turkiyada Netanyahuni hibsga olish uchun xalqaro order berildi
09:56 / 08.07.2026
Hamas G‘azodagi fuqarolik hukumatini tarqatib yubordi
17:20 / 02.07.2026
Isroilning Turkiyaga bosimi: genotsidni yashirish uchun boshqalarni ayblash siyosati
00:14 / 29.06.2026