Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Afg‘oniston prezidenti toliblar bilan tinchlik sulhi imzolanishi mumkin deb hisoblamoqda
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” harakati bilan tinchlik kelishuvi imzolanishi mumkinligini bildirdi. U bu haqda Vashingtondagi Jons Xopkins universiteti talabalari bilan videomuloqot vaqtida aytdi, deb xabar berdi Anadolu agentligi.
"Gap toliblar bilan sulh tuzilishi haqida emas. Gap bu sulhning qachon tuzilishida. XXI asrda urushni harbiy yo‘l bilan yakunlash qiyin. Afg‘oniston va “Tolibon” o‘rtasidagi ziddiyat siyosiy yo‘l bilan hal qilinadi", - dedi u.
Afg‘oniston prezidenti Pokistonga tinchlik munosabatlarini o‘rnatish chaqirig‘i bilan chiqdi.
"Biz mazkur e'lon qilinmagan dushmanlikka chek qo‘yish uchun Pokistonga tinchlik taklif etamiz. Agar bunday bo‘lmasa, xalqlarimiz o‘rtasida o‘zaro ishonchsizlik, ijtimoiy va madaniy dushmanlik boshlanadi", - dedi u.
9 noyabr kuni Moskvada Afg‘oniston bo‘yicha ikkinchi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Rossiya, Afg‘oniston, Hindiston, Eron, Iroq, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, AQShdan tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari, maxsus vakillar va kuzatuvchilar ishtirok etdi. Yig‘ilishda ilk bor “Tolibon” harakati siyosiy ofisining delegatsiyasi ham qatnashdi.
Rossiya TIV Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulovning xabar qilishicha, toliblar Afg‘onistondan xorijiy qo‘shinlarni olib chiqib ketish jadvali AQSh bilan kelishilganidan keyingina Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyor bo‘lishlarini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
20:40 / 16.07.2026
Birodar O‘zbekiston bo‘yicha pozitsiyamiz aniq – Kobul O‘zbekiston haqidagi xabarlarni rad etdi
14:26 / 05.07.2026
Afg‘onistondan dronda narkotik olib o‘tishning oldi olindi
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
18:19 / 22.06.2026