Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Piyodaning o‘limiga sababchi bo‘lgan haydovchi qidirilmoqda
Toshkent viloyatining Angren shahrida 2018 yil 12 noyabr kuni noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani Appartak mahallasida joylashgan “Mubina Oil” AYoQSh oldida haydab ketayotib piyoda, shu mahallada yashagan U.A.ni urib yuborib voqea joyidan ketib qolgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, natijada U.A. jarohat olib voqea joyida vafot etgan. Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan noma'lum haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar, agar siz ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etib, voqea joyidan ketib qolgan haydovchi va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma'lumotga ega bo‘lsangiz ichki ishlar organlari bo‘linmalariga borib yoki “102” telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishingizni so‘raymiz”, - deyiladi IIV xabarida.
Mavzuga oid
15:21 / 03.06.2026
Guvohnomasi yo‘q ikki yigitchaning poygasi o‘limlar bilan tugadi
17:39 / 02.06.2026
Toshkentda BYD yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi
12:10 / 27.05.2026
Buxoroda YTH sodir qilgan haydovchi 10 sutkaga qamaldi
18:35 / 26.05.2026