Jahon | 10:08 / 13.11.2018
9352
2 daqiqa o‘qiladi

Shimoliy Koreyada 10 dan ko‘proq maxfiy raketa bazasi aniqlandi 

Foto: Thomas Peter / Reuters

Shimoliy Koreyada 13 ta maxfiy raketa bazasi aniqlandi. Bu haqda Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi dokladida ma'lum qilindi. 

Taxminlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyada 20 ga yaqin maxfiy baza mavjud. Markaz mutaxassisi Jozef Bermudesning aytishicha, Shimoliy Koreya AQSh bilan muzokaralar olib borayotganiga qaramay, ushbu obektlarni ishchi holatda saqlaydi. Bu obektlarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha kichik ishlar olib borilmoqda. 

Foto: DigitalGlobe
Foto: DigitalGlobe

Bazalar chekka tog‘ hududlarida joylashgan bo‘lib, ularda turli masofalarga mo‘ljallangan ballistik raketalar saqlanishi mumkin. Bu raketalardan eng yirigi AQSh hududigacha yetib borishi mumkin. Bermudesning ta'kidlashicha, ushbu obektlarda pusk qurilmalari yo‘q. “Shu bilan birga, favqulodda vaziyat holatida bazalardan raketalar otilishi mumkin”, – deb yozgan mutaxassis. Uning aytishicha, Janubiy Koreya chegarasidan uncha uzoq joylashmagan Sakkanmol bazasi ishchi va yaxshi tayyorlangan ko‘rinishga ega. 

12 noyabrda The New York Times nashri Sakkanmol bazasi tasvirlangani ehtimol qilinayotgan suratni chop etdi. Nashrning yozishicha, AQSh razvedkasi Shimoliy Koreyada 16 ta maxfiy obekt aniqlagan.

Ta'kidlanishicha, avval Pxenyan aniqlangan bazalar mavjudligi haqida hech qanday ma'lumot bermagan. Tahlilchilarning aytishicha, barcha yadroviy obektlarning hisobga olinishi Shimoliy Koreyani yadroviy qurolsizlantirish dasturining muhim qismi hisoblanadi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid