Jahon | 01:18 / 14.11.2018
7199
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh “Hizbulloh” yetakchisining o‘g‘liga qarshi sanksiyalar kiritdi
AQSh hukumati 13 noyabrda “Hizbulloh” yetakchisining o‘g‘li Javod Nasrullohni “teraktlar tayyorlaganlik va amalga oshirganlik” uchun sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi. Bu haqda AQSh davlat departamentida ma'lum qilingan.
“Javod Nasrulloh “Hizbulloh” yetakchisining o‘g‘li va harakatning yuqorilab borayotgan yetakchisi hisoblanadi. Avvalroq Nasrulloh Isroilga qarshi teraktlar amalga oshirish uchun odamlar to‘plash bilan shug‘ullangan”, deb aytilgan xabarda.
AQSh moliya vazirligi terrorchilik bo‘yicha sanksiyalar ro‘yxatiga, shuningdek, G‘azo sektoridagi “Mujohidlar brigadasi” guruhi va yana 4 kishini kiritgan.
Mavzuga oid
22:14
Tramp lavozim taqsimlamoqda: Pentagon jurnalistga, Maskka yangi departament
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024