Markaziy amerikalik muhojirlar AQSh va Meksika chegarasidagi to‘siq ustiga chiqib olishdi
Markaziy Amerika davlatlaridan AQSh tomon harakatlanayotgan muhojirlar karvonidan AQSh va Meksika chegarasigacha yetib kelgan o‘nlab muhojirlar 14 noyabrda Tixuanadagi chegara to‘sig‘i ustiga chiqib olishdi. Bu haqda Azteca Noticias kanali ma'lum qildi.
Meksika televideniyesi ma'lumotlariga ko‘ra, ular to‘siq ustida bir muddat o‘tirishgan. Muhojirlardan biri hattoki AQSh tomonga sakrab tushgan, biroq ko‘p o‘tmay orqasiga qaytgan. Muhojirlarning bu xatti-harakatlari ortidan AQSh chegara xizmati zobitlari kuzatib turishgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatga noqonuniy muhojirlar kirishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Meksika bilan chegarada 15 minggacha harbiy joylashtirilishini ma'lum qilgandi.
Hozirda Meksika hududi bo‘ylab bir nechta muhojirlar karvoni AQSh tomon yo‘nalmoqda. Ularning maqsadi AQSh chegarasigacha kelib, uning hududiga kirishdan iborat.
Muhojirlar karvonidan 350 odamdan iborat ilk guruh chegaradagi Tixuana shahriga 13 noyabrda yetib kelgandi. Ular shaharga Meksika politsiyasi patrul mashinalari hamrohligida 9 ta avtobusda kelishgan. Tixuanada ularni migratsiya milliy instituti xodimlari kutib olishgan. Ular muhojirlarga shahardagi priyutlardan birida joylashishga ko‘mak berishgan. Shahar merining aytishicha, muhojirlarning bir qismi yordam olishdan bosh tortib, chegara tomon piyoda yo‘l olgan.
Shahar rahbariyati qochqinlar Tixuanadagi usiz ham murakkab kriminogen vaziyatni yanada murakkablashtirishini aytgan. Amaldorlar muhojirlardan ko‘pchiligi mahalliy jinoiy to‘dalarga qo‘shilishi yoki ular bilan nizoga borishidan xavotirlanmoqdalar.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
00:30
«Deportatsiya, chegara devori, bekor qilinadigan gumanitar yordamlar». Tramp prezidentligining ilk kunida nimalar qilishi ma’lum bo‘ldi
22:03 / 12.11.2024