OAV: Tramp 2020 yilda vazmin va mazmunli bo‘lishi kerak
AQSh prezidenti Donald Trampga populizm kerak, u 2020 yilgi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonmoqchi bo‘lsa, kamroq dabdabali va ko‘proq mazmunga ega bo‘lishi lozim. Bu haqda Politico nashri yozmoqda.
Hozirgi vaqtda Trampning populizm uslubi jangovar, o‘ta hissiyotli, oldindan aytib bo‘lmaydigan va da'volarga egadir, deya ta'kidlaydi nashr. Hissiyotlar Trampning o‘z saylovchilariga murojaatida markaziy o‘rinni egallaydi, deyiladi materialda. Bu uni isteblishmentga qarshi mustahkam turgan o‘ziga xos siyosatchi sifatida gavdalantirmoqda. Nashrning qayd etishicha, Amerika yetakchisiga o‘rta sinfdagi saylovchilar hamda shaharlar chetida yashovchilarni o‘ziga jalb qila oladigan populizm ham kerak.
Bu, ayniqsa, AQSh kongressiga oraliq saylovlar natijasida ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritgan demokratlarga vakillar palatasida qarama-qarshilik ko‘rsatish uchun muhim.
Hattoki noyabr oyidagi saylovlar natijalari Trampga kuch bag‘ishlay olmasa ham, Qo‘shma Shtatlar yetakchisi baribir hamon o‘yin ichida qoladi, deya qo‘shimcha qilmoqda Politico.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Mey bilan Eron tufayli urishib qolgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
15:44
AQShda jarroh robot videoga qarab operatsiya qilishni o‘rgandi
14:22
AQSh: KXDR askarlari allaqachon Ukrainaga qarshi urushda qatnashmoqda
22:03 / 12.11.2024
AQSh hukumati NUJ bo‘yicha ba’zi ma’lumotlarni oshkor qilishi mumkin
16:55 / 12.11.2024