Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Assanjga ayblov qo‘yishga tayyorlanmoqda – OAV
AQSh adliya vazirligi WikiLeaks sayti asoschisi Julian Assanjga ayblov qo‘yishga tayyorlanmoqda va uni AQShda sud qilishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda Vashingtondagi manbaga iqtibos keltirgan holda Wall Street Journal nashri xabar qildi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, so‘nggi yil davomida prokurorlar Assanjga qarshi bir qator ayblovlarni muhokama qilishgan.
Manba Assanjning topshirilishi bo‘yicha Buyuk Britaniya yoki Ekvador bilan muzokaralar olib borilayotgani-yo‘qligini ma'lum qilishdan bosh tortgan, biroq jurnalist atrofidagi so‘nggi voqealar ularni “xursand qilayotganini” aytgan.
AQSh hukumati Assanjga qarshi biror e'tirozi bor-yo‘qligini tasdiqlamagan ham, rad etmagan ham, biroq aynan AQShga topshirilish va u yerda ozodlikdan mahrum qilinish qo‘rquvi Assanjning 2012 yil Ekvadorning Londondagi elchixonasida yashirinishga majbur qilgan.
Oktyabr oxirida jurnalist Ekvador uni elchixonadan chiqarib yubormoqchiligini va buning uchun bahona izlayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
22:58 / 15.07.2026
AQShda Tramp tasvirlangan 1 dollarlik tanga chiqariladi
18:51 / 15.07.2026
Tramp jinsiy zo‘ravonlik va tuhmat ishi bo‘yicha 5 million dollar to‘ladi
18:11 / 15.07.2026
Xitoy avtomobil bozori jahon reytingida 1-o‘rinni egalladi
11:20 / 15.07.2026