Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA o‘z qurilmasining Marsga qo‘ndirilishini jonli tarzda namoyish qiladi
AQShning NASA koinot agentligi 26 noyabrda InSight modulining Mars sirtiga qo‘ndirilishini jonli tarzda namoyish qiladi. Agentlik mutaxassislari namoyish vaqtida yuz berayotgan voqealarga izoh berib turishadi. Koinot va boshqa sayyoralarga parvozlarga qiziquvchilar tadqiqot qurilmalarining o‘zga sayyoralarga yetkazilishi jarayonini o‘z ko‘zlari bilan kuzatish imkoniga ega bo‘ladilar.
NASA’ning reaktiv harakat laboratoriyasi (JPL) bir vaqtda ikkita translyatsiya olib boradi: birinchisi parvozlarni boshqarish markazidan, ikkinchisi mutaxassislar izohlari bilan olib boriladi. InSight moduli ortidan ikkita kichik o‘lchamli qurilma Mars Cube One (MarCO) kuzatadi, bu qo‘nish trayektoriyasini real vaqtda ko‘rishga imkon beradi.
Avvalroq Mars Reconnaissance Orbiter stansiyasi sayyoramizga Qizil sayyora sirtida ishdan chiqqan Opportunity marsoxodi suratlarini jo‘natgan: Marsni tadqiq qilishga mo‘ljallangan qurilma Qizil sayyoradagi chang bo‘roni vaqtida yo‘qotilgan. Marsdagi ob-havo tinchlangach, qurilma aloqaga chiqmay qo‘ygan.
Mavzuga oid
20:41 / 01.07.2026
NASA Oydagi birinchi doimiy baza qurilishiga yuz millionlab dollar sarmoya kiritdi
09:15 / 22.06.2026
NASA: El-Nino kuchaymoqda, 2026 yilda ob-havo rekordlari ehtimoli ortdi
09:59 / 29.05.2026
Jyeff Bezosning Oyga uchadigan raketasi sinov parvozi oldidan portlab ketdi
08:05 / 05.05.2026