Nurdinjon Ismoilov Dostonbek Jumabekov bilan uchrashdi
2018 yil 15 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov Qirg‘iziston Respublikasiga tashrif buyurdi va Jokorku Kenesh torag‘asi Dostonbek Jumabekov bilan uchrashdi.
Uchrashuv chog‘ida qayd etilganidek, o‘zaro muloqotlar ikki davlat parlamentlari o‘rtasidagi do‘stona va hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Qirg‘iziston Respublikasi Jokorku Kenesh torag‘asi D. Jumabekov avval erishilgan kelishuvlarning ijrosi mavjud aloqalarni mustahkamlashga, kelajakda hamkorlikning keng istiqbollarini ochib berishga xizmat qilishi, shuningdek, Qirg‘iziston va O‘zbekiston munosabatlarini kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratishi lozim, deya ta'kidlab o‘tdi.
Shu bilan birga, D.Jumabekov joriy yilning 1 sentabr kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan O‘sh shahridagi qirg‘iz-o‘zbek maktabining bunyod etilgani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorlik bildirdi. Ayni paytda mazkur maktabda 630 nafar o‘quvchi tahsil olmoqda.
O‘z navbatida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov samimiy qabul uchun minnatdorlik izhor qilar ekan, mamlakatlar o‘rtasidagi munosabatlar ko‘plab, jumladan, iqtisodiyot, siyosat, madaniyat sohalaridagi faol hamkorlik tufayli mustahkamlanib borayotganini qayd etdi.
Uchrashuv ikki qardosh, qondosh, do‘st mamlakatga xos tarzda o‘zaro ishonch, qardoshlarcha samimiyat ruhida o‘tgani har ikki taraf tomonidan ta'kidlab o‘tildi va muloqotlarga muntazamlik baxsh etish istaklari bildirildi.
Mavzuga oid
22:01 / 12.11.2024
Qirg‘izistonda hokimiyatni egallashga tayyorgarlik ko‘rgan yetti kishi qo‘lga olindi
16:44 / 11.11.2024
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi Qirg‘izistonda 38 ta maktab qurib beradi
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024