Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afinada 1973 yilgi voqealarga bag‘ishlangan aksiyadan so‘ng tartibsizliklar boshlanib ketdi
Afina markazida 1973 yilda politexnika universitetida yuz bergan isyonga bag‘ishlab o‘tkazilgan aksiyadan so‘ng tartibsizliklar boshlandi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Xabar qilinishicha, universitet joylashgan Eksarxiya tumanida anarxiyachilar guruhi chiqindi idishlariga o‘t qo‘yishmoqda, politsiyachilarga yonuvchi aralashma to‘ldirilgan shisha va toshlarni uloqtirishmoqda, do‘konlar oynalarini sindirishmoqda. Politsiya ularga shovqin granatalari va ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz bilan javob qaytarmoqda.
AQShning Afinadagi elchixonasi yonida ham namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyish 1967-1974 yillarda AQSh Gretsiyadagi harbiy diktaturani qo‘llab-quvvatlaganiga norozilik ifodasi sifatida o‘tkazilmoqda.
Elchixonaga olib kiradigan barcha yo‘llar avtobuslar bilan to‘silgan, elchixona politsiyachilar bilan o‘rab olingan.
1973 yil noyabrda hukumatning talabalar ittifoqi faoliyatiga aralashuviga norozilik bildirgan talabalar politexnika universitetini egallab olishgan. 16 noyabrdan 17 noyabrga o‘tar kechasi tanklar universitet darvozalarini buzib kirgan, hujum oqibatida 23 kishi halok bo‘lgan va mingdan ortiq kishi jarohatlangan. Yuzlab talabalar hibsga olingan. Isyon bostirilgan bo‘lsa-da, u ommaviy noroziliklarga olib kelgan va natijada diktatura ag‘darilgan.
Mavzuga oid
08:22 / 06.06.2026
Ukraina Gretsiyaga diplomatik izoh berdi
14:21 / 05.02.2026
Gretsiyaning Egey dengizidagi oroli yaqinida 15 nafar migrant halok bo‘ldi
12:24 / 16.01.2026
Gretsiya dron hujumlaridan so‘ng Qora dengizdagi xatarlar haqida ogohlantirdi
14:44 / 05.01.2026