Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda o‘quvchilarga Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida tadbirlar uyushtirilmoqda
Andijon viloyat xalq ta'limi boshqarmasi tomonidan umumta'lim muassasalarining yuqori sinf o‘quvchilari uchun Andijon Davlat Universitetida faoliyat yuritayotgan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyida tadbirlar tashkil etilmoqda.
O‘quvchilar darsdan bo‘sh vaqtlarida yurtimiz ozodligi, xalqimiz erki, Vatanimiz mustaqilligi yo‘lida olib borilgan mashaqqatli kurashlar tarixini xolis va haqqoniy aks ettirish, istibdod zulmi davrida ommaviy qatag‘on va qirg‘inlar tufayli hayot qismatlari fojia va azob-uqubatlarga aylangan hamda aksariyati qurbon bo‘lgan vatandoshlarimizning porloq xotirasi aks etgan muzey zallarida eksponatlar bilan tanishmoqdalar.



Tadbirning birinchi kunida muzeyga Andijon, Oltinko‘l va Baliqchi tumanidan o‘quvchilar tashrif buyurishdi. Viloyat xalq ta'limi boshqarmasi boshlig‘i Furqatbek Buzrukov va muzey direktori tarix fanlari professori Rustambek Shamsuddinovlar o‘quvchilarga muzeyning tashkil etilishi o‘tmishimizni yorituvchi muhim maskan ekanligini va u mustaqilligimiz uchun kurashgan minglab ajdodlarimizning pok nomlarini yosh avlodga yetkazishda katta ahamiyatga ega ekanligini va yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishini aytib o‘tishdi.





Muzey mavzu jihatdan 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, 8 ekspozitsion zalni o‘z ichiga olgan.
Elmurod Ermatov, Andijon
KUN.UZ muxbiri
Mavzuga oid
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
09:15 / 13.06.2026
Davlat organi va bank tizimidagi korrupsiya holatlari aniqlandi
15:32 / 09.06.2026
Andijonda 4 nafar egizak dunyoga keldi
11:39 / 08.06.2026