Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida oilaviy janjal o‘limga sababchi bo‘ldi
Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanida 2018 yilning 13 noyabr kuni Buloqboshi mahallasida yashagan 32 yoshli F.K. tan jarohati bilan behush holda kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay 15 noyabr kuni vafot etgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida shu yilning 9 noyabr kuni marhum F.K. uyida birga yashovchi turmush o‘rtog‘i Yu.Ya. bilan o‘zaro janjallashayotgan vaqtlarida shu mahallada yashovchi U.O‘. ularni ajratmoqchi bo‘lib, tog‘asi F.K.ning orqasidan itarib yuborishi natijasida u boshi bilan temir karavotga urilib jarohat olgan.
13 noyabr kuni esa F.K. turmush o‘rtog‘i Yu.Ya. bilan takroran janjallashgan vaqtlarida ayol erining boshiga tayoq bilan urgan vaqtida hushini yo‘qotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Yu.Ya. va U.O‘.lar ushlanganlar. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
17:00 / 25.06.2026
Mehnat inspeksiyasi Adiz Boboyevga ogohlantirish yubordi
08:45 / 16.06.2026
Toshkent va Samarqandda qariyb 6 kg narkotik modda musodara qilindi
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026