Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sodiq Safoyev YeXHK delegatsiyasi bilan uchrashdi. Din sohasiga oid qonun loyihalari maqomi ko‘rib chiqildi
Foto: senat.uz
Oliy Majlis Senatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning mamlakatga fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlari, amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning borishi bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgan, katta siyosiy maslahatchi Nataniyel Xyord boshchiligidagi AQSh Kongressining Yevropada xavfsizlik va hamkorlik komissiyasi delegatsiyasi bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabariga ko‘ra, fuqarolik jamiyatiga taalluqli, ayniqsa, din sohasiga oid qonun loyihalarining maqomi haqida fikr yuritildi. Shu munosabat bilan huquqiy demokratik davlat to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy tamoyillar davlat va diniy birlashmalarning vazifalari alohida amalga oshirilayotganligi qayd etildi. Bu davlat va diniy birlashmalarning o‘zaro maqbul sharoitda hamkorlik qilishi uchun zamin yaratadi va diniy birlashmalarning ijtimoiy muhim vazifalarni hal etishda ishtirok etishiga ko‘maklashadi.
Uchrashuvda mamlakatda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish va demokratik islohotlarni chuqurlashtirishga doir boshqa masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev
12:22 / 28.08.2024