Anjumanni Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari, universitet rektori Sodiq Safoyev oçib berdi. U öz nutqida Afğoniston mintaqa barqarorligining muhim omili ekanini ta’kidladi.

"Özbekiston uşbu mamlakatdagi vaziyatning rivojlanişi bilan boğliq masalalar xalqaro kun tartibida çetda qolib ketayotganidan xavotirda. Afğon xalqiga gumanitar yordam körsatişni kengaytiriş va jahon hamjamiyatining bu davlatga nisbatan yagona strategiyasini işlab çiqiş mintaqa va jahon mamlakatlarining ustuvor vazifasi bölib qolmoqda", - dedi Sodiq Safoyev.

Germaniya elçisi Manfred Xuterer Özbekistonning Afğoniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yölga qöyiş, qöşni davlatga muntazam ravişda gumanitar yordam körsatiş borasidagi taşabbuslarini qöllab-quvvatladi.

Ekspertlar Afğonistonning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlaniş masalalarini atrofliça muhokama qildilar. Geosiyosiy masalalar va uşbu mamlakatni mintaqaviy munosabatlar tarkibiga kiritiş imkoniyatlari körib çiqildi. Afğoniston hokimiyat organlarining mintaqaviy va global siyosatdagi yetakçi davlatlar bilan siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy munosabatlari masalalariga baho berildi.