Sport | 22:03 / 18.11.2018
9627
2 daqiqa o‘qiladi

Angliya Millatlar ligasining yarimfinaliga yo‘l oldi, Xorvatiya esa «V» ligaga tushib ketdi

Angliya terma jamoasi UFA Millatlar ligasi guruh bosqichida Xorvatiya ustidan g‘alaba qozondi. Mazkur g‘alaba sharofati bilan Garet Sautgeyt shogirdlari Millatlar ligasining yarimfinal yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Uchrashuvda hisobni mehmonlar ochishdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Kramarich Pikfordni dog‘da qoldirdi. Biroq Lingard va Keynning javob gollari uchrashuvda inglizlarning qo‘li baland kelishini ta'minladi.

Angliya terma jamoasi kelgusi yilning iyunida bo‘lib o‘tadigan final turnirining Portagliyadan keyingi ikkinchi ishtirokchisi bo‘ldi.

Xorvatiya terma jamoasi esa mag‘lubiyat natijasida guruhda so‘nggi — uchinchi o‘rinni egallab «V» ligaga tushib ketdi.

UYeFA Millatlar ligasi

ANGLIYa – XORVATIYa 2:1 (0:0)

18 noyabr. London. «Uembli», 78221 tomoshabin

Gollar: Lingard (78), Keyn (85) — Kramarich (57)

Angliya: Pikford, Stounz, Gomes, Chiluell, Delf (Lingard, 73), Barkli (Alli, 63), Dayyer, Sterling, Uoker, Reshford (Sancho, 73), Keyn.

Xorvatiya: Kalinich, Lovren, Yedvay, Vrsalko (Milich, 26), Vida, Vlashich (Rog, 79), Brozovich, Perishich, Modrich, Rebich (Brekalo, 46), Kramarich.

Ogohlantirishlar: Barkli (26), Yedvay (67), Brozovich (67), Lovren (89).

Mavzuga oid