Jahon | 08:30 / 18.11.2018
7892
2 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada yoqilg‘i narxi oshishiga qarshi ommaviy noroziliklarda 200dan ortiq kishi jarohatlandi

Foto: Reuters

Fransiya bo‘ylab avtomobil yoqilg‘isi narxlari ko‘tarilishiga qarshi o‘tkazilgan ommaviy namoyishlar davomida jabrlanganlar soni 227 nafarni tashkil etdi. Bu haqda Fransiya Ichki ishlar vaziri Kristof Kastaner ma'lumot bergan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, jarohatlangan holda shifoxonaga olib borilganlardan 5 nafari og‘ir ahvolda qolmoqda.

Ular politsiyaning qarshiligi tufayli emas, yo‘l-transport hodisalariga yo‘liqishi oqibatida jabrlanishgan.

Fransiya janubi-sharqidagi Savoyya departamentida bir haydovchi ayolni avtomobil urib ketgan.

Tartibsizliklar davomida 52 kishi qo‘lga olingan, ayni vaqtda ulardan 38 nafari hibsda qolmoqda.

Ular mamlakatdagi katta magistrallarni to‘sib qo‘yishgandi. Sariq liboslardagi transport xodimlari Fransiya prezidenti Emmanuel Makronni «kichik odamlar»ni unutib qo‘yganlikda ayblashgan.

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, turli hududlarda tashkil etilgan 2 mingdan ortiq manifestlarda 282 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid