Jahon | 18:33 / 19.11.2018
20134
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: “Rossiya temir yo‘llari”ning yangi platskart vagonlari kontsepti

RIA Novosti agentligi RJD (“Rossiya temir yo‘llari”)ning yangi platskart vagonlari kontseptini namoyish etdi.

Yangi vagonlarda modul kengliklar, parda bilan to‘silgan yo‘lovchi o‘rindiqlari, vending qurilmalari bo‘ladi. Bundan tashqari, vagonlar elektr rozetkalar va USB-tirqishlar hamda individual yoritgichlar bilan jihozlanadi.

Hojatxonalar gigiyenik dushlar, avtomatik kranlar, sovunli dozatorlar, qog‘oz sochiqlar, qo‘l quritadigan fenlar bilan ta'minlanadi.

RJD vakili suratlarning haqiqiy ekanligini tasdiqladi. Vagonlar 2019 yildan yangilanishi kutilmoqda.

 

 

Mavzuga oid