Unda Özbekistonda temiryöl lokomotiv va vagonlarini ta’mirlaş hamda ular uçun ehtiyot qismlarni işlab çiqariş sohasida hamkorlik qiliş masalalari muhokama qilindi.
Kompaniyaning köp yillik tajribasi va ilğor texnologiyalaridan foydalangan holda mamlakatimizda işdan çiqqan lokomotiv va vagonlarni zamonaviy körinişda ta’mirlaş böyiça özbek tomoni bilan hamkorlik qiliş kompaniya rahbariyatida katta qiziqiş uyğotmoqda.
Malayziya vakili Özbekistonning tegişli korxonalariga, jumladan logistika markazlari va temiryöl yuk terminallariga lokomotivlarni uzoq muddatli lizing asosida berişga tayyorligini bildirdi.
Uçraşuvda xorij tomoni bilan mamlakatimizda temiryöl sohasida faoliyat olib borayotgan yoş muhandislar va tahsil olayotgan bitiruvçi talabalarni SMH Rail kompaniyasida malaka oşiriş va maxsus tajriba almaşinuvini yölga qöyişga kelişib olindi.








