Ijtimoiy tarmoqlarda metro vagonlaridan birining eşigi oçilmadi mazmunidagi xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Toşkent metropoliteni izoh berdi.

24 may soat 17:50 larda “Abdulla Qodiriy” bekatiga kirib kelgan 63-sonli harakat tarkibining vagon eşiklaridan biri oçilmagan. 

Şundan söng harakat tarkibi “Bodomzor” bekatiga yetib kelganida maşinist tomonidan tekşirilganda, vagon eşigining ariqçasiga uning oçilişiga tösqinlik qiluvçi kiçik buyum tiqilib qolgani aniqlangan. 

Uşbu buyum eşik yölagidan olib taşlangan va yuzaga kelgan nosozlik bartaraf etilgan.