Fan-texnika | 12:02 / 19.11.2018
6709
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Nursulton Nazarboyev Ostona shahridagi Huawei innovatsion markaziga tashrif buyurdi

Foto: Huawei 

Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida o‘tkazilgan «AstanaHub» xalqaro IT-startaplar texnoparki taqdimoti doirasida Huawei kompaniyasi Markaziy Osiyo mintaqasida navbatdagi innovatsion demo-markazni ishga tushirdi. Mazkur tadbirda Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboyev, mamlakat hukumati rasmiylari, chet ellik mehmonlar, shuningdek, axborot texnologiyalari hamjamiyati vakillari ishtirok etdilar. Texnopark ochilishi doirasida raqamli video-ko‘prik tashkil qilinib, unda Qozog‘iston Respublikasi bosh vaziri Baxitjan Sagintayev, bosh vazir o‘rinbosari Askar Jumagaliyev, Qozog‘iston axborot va kommunikatsiyalar vaziri Dauren Abayev qatnashdilar. «Kiberxavfsizlik», «E-Government» va «Aqlli shahar» kabi yo‘nalishlar raqamli sessiyaning asosiy mavzulariga aylandi.

Foto: Huawei 
Foto: Huawei 

«Huawei kompaniyasi jamiyat va sanoatdagi raqamli transformatsiyani yo‘lga qo‘yishda yaxshi hamkor bo‘lishga intiladi. Shu bois innovatsion markazning ochilishi ishimizdagi muhim bosqich hisoblanadi», - deydi «Huawei Technologies Kazakhstan» bosh direktori Chjan Tsingo. «Biz mamlakat hukumatining «Raqamli Qozog‘iston» davlat dasturida belgilangan barcha vazifalarni bajarishi va ko‘zlangan maqsadlarga erishishiga ishonamiz hamda Markaziy Osiyo va butun jahonda bu yo‘nalishda raqobatbardoshlikni oshirish uchun yordam ko‘rsatishga tayyormiz. Bu biz uchun shunchaki bir loyiha emas, balki Qozog‘iston IT-bozoriga uzoq muddatli investitsiya, mamlakat iqtisodiyotini raqamlashtirish yo‘lida intellektual hissadir», - deb qo‘shimcha qildi Huawei vakili.

Qozog‘iston hukumati vakillari mamlakatning raqamli transformatsiyasi uchun kompaniyaning innovatsion yechimlari bilan yanada batafsil va amaliy tarzda tanishish maqsadida Xitoyda joylashgan Huawei shtab-kvartirasiga tez kunda o‘z vakillarini yuborishni rejalashtirgan.

Foto: Huawei 

Huawei kompaniyasining xuddi shunday innovatsion markazi 2016 yilning sentabr oyida O‘zbekistonda ochilgan edi. Bunday markazlarni yaratishdan ko‘zlangan asosiy maqsad texnologik ekotizimni ishlab chiqish bo‘lib, uning doirasida kompaniya hamkorlari, buyurtmachilar va IT sohasining kelajak mutaxassislari Huawei tomonidan yaratilgan muhandislik resurslaridan foydalanishi, shuningdek, ular bilan birgalikda kompaniya miqyosida korporativ yechimlarni tayyorlash va sinovdan o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Bu kabi yondashuv demo-markazlarning asosiy xususiyati sanaladi va buyurtmachilarning talablariga sezilarli darajada to‘liqroq javob bera oladi.

Innovatsion markazlarning eng muhim rivojlanish yo‘nalishlari va tadqiqotlari orasidan: moliya sektori, transport, energetika, neft va gaz, «xavfsiz shahar» hamda «aqlli uy» loyihalari doirasidagi ijtimoiy xavfsizlik va aloqa operatorlariga mo‘ljallangan yechimlar o‘rin olgan.  Ko‘rgazmaviy markaz muhokama va rejalashtirish bosqichida loyiha tugallangandan keyin real hayotda qanday shaklga ega bo‘lishi haqida tasavvur hosil qilishga imkoniyat taqdim qiladi.

Foto: Huawei 
Foto: Huawei 

Bundan tashqari, iqtidorli mutaxassislar va yosh olimlar amaliy tajriba olish maqsadida eng istiqbolli va zamonaviy Huawei texnologiyalari bo‘yicha demo-markazdan avtomatlashgan o‘quv markazi sifatida foydalanishlari mumkin. Bunday demo-markazlarni ishga tushirishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri ham shu aslida. Huawei kompaniyasi muntazam tartibda Toshkentdagi universitet va kollej o‘quvchilari uchun «ochiq eshiklar kunlari»ni tashkil etib keladi.

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid