Jahon | 22:23 / 20.11.2018
7170
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi hech qachon harbiy ittifoqqa aylanmaydi – Mogerini

Foto: EPA-EFE/OLIVIER HOSLET

Yevropa Ittifoqi harbiy ittifoqqa aylantirilmaydi. Bunday fikrni Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Bryusseldagi matbuot anjumanda umumevropa armiyasi tashkil etish imkoniyatiga izoh berish vaqtida aytgan.

“Yevropa Ittifoqi hech qachon harbiy ittifoqqa aylanmaydi. NATO bilan hech qanday musobaqa yo‘q”, deb aytgan Mogerini.

Uning aytishicha, Yevropa Ittifoqi Yevropa armiyasini qurmayapti. “Biz Yevropa armiyasini qurmayapmiz. Biz mintaqa va dunyoda xavfsizlikning ishonchli, faol “yetkazib beruvchilari” bo‘lish uchun investitsiya kiritamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Mogerini.

Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron 6 noyabrda Yevropa Ittifoqi o‘zini Xitoy, Rossiya va AQShdan himoyalay olishi uchun umumiy qurolli kuchlarini tashkil etishi lozimligini aytgan. Uning bu taklifini Germaniya kansleri Angela Merkel ham qo‘llab-quvvatlagan.

Mavzuga oid