Jamiyat | 23:07 / 20.11.2018
12039
2 daqiqa o‘qiladi

Mutaxassis O‘zbekistonda tibbiy xizmat ko‘rsatish modelini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya etmoqda

​Sobiq sovet makonida joylashgan mamlakatlarda tibbiyotning umumiy muammolari o‘zgarishi lozim. Masalan, muayyan (tor yo‘nalishda) mutaxassislikka ega bitiruvchilar o‘rnini oilaviy shifokorlar va mustaqil mutaxassislikdagi kadrlar egallashi lozim, deb hisoblaydi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Birinchi tib-sanitar yordam Yevropa markazi bo‘lim boshlig‘i Huan Tello. 

20 noyabr kuni Xalqaro-press klub axborot ko‘magida tashkil etilgan  “Barqaror rivojlanish maqsadlari davrida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni isloh qilish” mavzusidagi xalqaro anjumanda O‘zbekistonda sog‘liqni saqlashni kompleks isloh qilish va 2030 yilgacha barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ko‘maklashuvchi uzoq muddatli strategik dastur – Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish konsepsiyasi masalalari muhokama etildi.

Tadbirda ishtirok etgan Huan Telloga ko‘ra, sobiq Sovet davlatlari tibbiyot sohasida deyarli o‘xshash masalalar o‘z yechimini kutmoqda. 

"Poliklinikaga murojaat etuvchi bemorlar soni ko‘p, shifokor esa kam. Bizning fikrimizcha, umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlashga e'tibor berish, shuningdek, birinchi tib-sanitar yordam ko‘rsatadigan xizmatlar turini ko‘paytirish kerak. Bundan tashqari, poliklinika modelidagi kattalar uchun terapevt, pediatr, ginekolog va stomatolog ko‘rinishidagi ish faoliyatidan voz kechib, umumiy amaliyot shifokori xonasini ko‘paytirish maqsadga muvofiq", - deydi u.

Ma'lumot uchun, Tojikistonda oilaviy hamshiralar soni 2010-2014 yillar oralig‘ida 74 foizga ko‘paydi. 

Telloga ko‘ra, o‘tish jarayonida talabalarning amaliyotini shifoxonalarda tashkil etish ko‘p kuzatilgan bo‘lsa, endi amaliyot muayyan jamoatlarda davom etishi kerak. Maqsad kasallikni davolash emas, uni oldini olish, kasallikni keltirib chiqaruvchi omillarga qarshi kurashishdir.

Mavzuga oid