"Harbiy-tibbiy kadrlarni tayyorlaş va tibbiy xizmat körsatiş sifatini yanada oşiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida"gi prezident qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qurolli kuçlar Harbiy tibbiyot akademiyasi, Qurolli kuçlar Boş harbiy klinik gospitali va Mudofaa vazirligining boşqa harbiy-tibbiy muassasalariga:
jismoniy va yuridik şaxslarga, şu jumladan Özbekiston norezidentlariga (xorijiy davlatlar fuqarolariga) şartnoma asosida pulli tibbiy xizmat körsatiş;
pulli tibbiy xizmatlar körsatişdan tuşgan mablağlar hisobidan barça toifadagi xodimlarni moddiy rağbatlantiriş miqdorlarini bajarilgan işlarning murakkablik darajasi, sifati va hajmiga qarab mustaqil belgilaş. Bunda, pulli xizmatlar körsatişdan kelib tuşgan mablağlardan tibbiy xizmat körsatiş uçun amalga oşirilgan sarf-xarajatlarni qoplaşdan qolgan qismining 50 foizgaça bölgan qismini xodimlarga rağbatlantiriş tölovlari sifatida yönaltiriş;
pulli tibbiy xizmatlar körsatişdan tuşgan mablağlar hisobidan mustaqil izlanuvçi va doktorantlarning xalqaro ilmiy-texnik ma’lumotlar bazalari (Scopus, Web of Science va boşqalar) tomonidan e’tirof etilgan yuqori reytingli jurnallarda sohaga oid ilmiy maqolalar çop etiş sarf-xarajatlarini qoplab beriş;
akademiyaning klinik sikl va kurslarini uning klinik bazalarida taşkil etiş, kursant va tinglovçilarga bemorlarni davolaş-diagnostika jarayonida bevosita iştirok etişi, akademiyaning bölim va markaz boşliqlari hamda gospital şifokorlarining ta’lim jarayoniga belgilangan tartibda jalb etilişiga ruxsat beriladi.

















