Bu borada 140 ming kambağal oilaga şifokor biriktirib, ularni yiliga bir marta töliq tibbiy körikdan ötkaziş yölga qöyildi. Endi kafolatlangan tibbiy xizmatlar köpaytirilib, kambağal oilalarning bunga sarf qiladigan xarajati 2 karra qisqartiriladi. Bunda ularga bepul dori va kafolatlangan tibbiy xizmatlar paketi taqdim etiladi.

Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi bilan manzilli işlaş kambağallikka qarşi kuraşda asosiy yönalişlardan biri. Bu tizim tubdan isloh qilinib, ilgari 6 ta davlat taşkilotida bölgan vakolatlar yagona Ijtimoiy himoya milliy agentligiga birlaştirildi. Qisqa muddatda har bir tuman va şaharda 100 dan ortiq ijtimoiy xizmatlarni “bir darça” tamoyili asosida körsatadigan “Inson” markazlari taşkil qilindi. Har bir mahallada ijtimoiy xodim aholi bilan proaktiv işlamoqda.

Imkoniyati çeklangan aholining kambağallikka tuşib qoliş ehtimoli yuqoriligi bois, ularni qöllab-quvvatlaş, inklyuzivlik asosida jamiyatga integratsiya qiliş böyiça yangi yondaşuvlar işlab çiqildi. Munosib mehnat şaroiti yaratilgani uçun bu yil 150 ming nogironligi bor şaxslar işga joylaşdi. Ularga hayotiy zarur tibbiy jihoz, aravaça va protezlar bepul yetkazib berilmoqda.